Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn

Mamlakat taraqqiyoti – yoshlar nigohida

20.07.2018 00:00

Mamlakat taraqqiyoti – yoshlar nigohida

Mazkur ilmiy tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, universitet rektori Botirjon Abdushukirovich Sulaymonov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tadbirda universitetga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademik va muxbir a‘zolari, professor-o‘qituvchilar hamda universitetda tashkil etilgan innovtsion guruhlarning faol bakalavriat va magistrlari ishtirok etdi.
Toshkent davlat agrar universiteti ko‘plab xorijiy davlatlarning oliy ta‘lim va ilmiy-tadqiqot institutlari hamda ilmiy markazlari bilan o‘zaro hamkorlik rishtalarini yaxshi yo‘lga qo‘ygan. Shu boisdan, hozirgi kunda universitetda taxsil olayotgan yoshlarga nafaqat respublikamizning professor-o‘qituvchilari, qolaversa rivojlangan davlatlarning yetakchi olimlari ham o‘zbek yoshlariga dunyo ilm-fani yutuqlari bilan o‘rtoqlashib kelmoqda. 
Mazkur ilmiy tadbirda ham, “O‘simlikshunoslik” kafedrasida o‘z faoliyatini olib borayotgan Janubiy Koreyalik professor Jong Young Pyonning “Janubiy Koreyada yoshlarning ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shayotgan xissasi” mavzusidagi ma‘ruzasi konferentsiya ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otgan bo‘lsa, “O‘simliklar eksperimental biologiyasi” ilmiy-tadqiqot instituti professori, akademik – Abdumavlon Abdullayevning “Fan va ta‘lim rivojlanishida ustoz va shogird an‘anasining ahamiyati” mavzusidagi qiziqarli ma‘ruzasidan yoshlarimiz o‘zlari uchun katta hayot sabog‘ini oldi, – deyish mumkin.
Xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida bo‘lgani kabi qishloq xo‘jaligida ham fan, ta‘lim va ishlab chiqarish integratsiyalashuvi juda muhim ahamiyatga egadir. Chunki, qishloq xo‘jaligi boshqa tarmoqlarni xom ashyo resurslari bilan ta‘minlaydigan soha bo‘lib hisoblanadi. Shu sababli ham, mazkur tarmoqni yanada rivojlantirish uchun unga xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar bilan o‘zaro manfaatli integratsiyalarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish yaxshi natija beradi, – deydi professor Radjapboy Dusmuratov.
Qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘lgan mazkur konferentsiyaning sho‘‘ba yig‘ilishlarida so‘zga chiqgan talaba yoshlar ham mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishda avvalo ertamiz egalari bo‘lgan bugungi yoshlarimizning o‘rni nihoyatda katta ekanligini ta‘kidlashib, xususan, agrar sohada erishilgan yutuqlar va shu bilan bir qatorda, ushbu sohadagi mavjud muammolarning yechimiga qaratilgan dolzarb masalalar xususidagi qimmatli ma‘ruzalari tinglandi.
Mazkur ilmiy-amaliy konferentsiyaning yalpi va sho‘‘ba yig‘ilishlarida ma‘ruzachi ishtirokchilar tomonidan bildirilgan xulosa va takliflar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi hamda mamlakatimiz taraqqiyatini yanada barqaror rivojlantirish masalasida “Fan-ta‘lim va ishlab chiqarish”ga ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ilmiy-amaliy konferentsiyaning yakuniga bag‘ishlangan yig‘ilishda, o‘zlarining qimmatli ma‘ruzalari bilan faol ishtirok etib, boshqalarga o‘rnak bo‘lganganlar universitet rahbariyati tomonidan rag‘barlantirildi.