Axborot maslahat markazi

24-12-2016 | 12:00 534

Markaz rahbari

Rustamova Iroda Baxramjanovna

Telefon: (0 371) 260-41-69
E-mail: extensionuz@mail.ru

 

 

 

 

Axborot-maslahat xizmati — agrosanoat majmuasi sub'ektlariga axborot va maslahat xizmati ko'rsatilishini ta'minlovchi ixtisoslashgan ko'p darajali tuzilmadir.

Axborot-maslahat markazining maqsadi - innovatsion ishlanmalar va ilg'or tajribalarni keng targ'ibot kilish, vatanimiz va dunyo fani yutuqlarini o'zlashtirish asosida axborot-maslahat xizmatlarini amalga oshirish.
Axborot-maslahat markazining asosiy funktsiyalari:
• qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga ularning so'rovlari bo'yicha axborot uzatish hamda maslahat berish;
• ommaviy axborot vositalar orqali innovatsion ishlanmalarni va ilg'or tajribalarni targ'ib etish;
• ma'lumotlar, uslubiy va o'quv adabiyotlarni chop etish, video mahsulotlarini tayerlash;
• o'quv tadbirlarini (seminarlar, treninglar) o'tkazish;
• ko'rgazmalar, yarmarkalar, dala kunlarini tashkil etish.

Axborot-maslahat xizmati mutaxassislari kuyidagi yo'nalishlari bo'yicha xizmat ko'rsatadilar:

• O'simlikshunoslik

• Mevachilik, sabzavotchilik va uzumchilik

• Agrokimyo va tuproqshunoslik

• Dexqonchilik va melioratsiya

• O'simliklarni ximoya qilish

• Biotexnologiya va fitopatologiya

• Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va qayta ishlash

• Selektsiya va urug'chilik

• Zootexniya va veterinariya

• Chorvachilik, ipakchilik

• O'rmonchilik, ekologiya muammolari

• Elektr energetikasi va elektrotexnologiyasi

• Qishloq xo'jaligi mashinalar

• Iqtisodiyot, agromarketing, menejment

• Mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish

• Buxgalteriya xisobi

• Axborot texnologiyalari.

Toshkent Davlat agrar universitetining Axborot-maslahat markazi www.agrowebcee.net/awuz va www.agriculture.uz saytlari orqali agrosanoat majmuasi sub'ektlariga xizmat ko'rsatadi.
Bizning manzilimiz: 100140 Toshkent viloyati, Kibray tumani, Universitet ko'chasi 2. ToshDAU, Axborot resurs markazi binosining 2 kavati.
Elektron pochta: extensionuz@mail.ru. Axborotlar va maslahatlarni +99871-260-41-69 raqamli telefon orqali ham olish mumkin.
Kabul qilish vaqti dushanba, chorshanba, juma kunlari soat 15.00-18.00 gacha.
Axborot maslahat markazi faoliyati