Iqtidorli talabalar

24-12-2016 | 12:00 523

Amanbayeva Nargiza Maxmutaliyevna

2012-2013 o‘quv yilida Beruniy nomli Davlat stipendiyasi sohibasi bo‘ldi.

Amanbayeva Nargiza 1988 yil 3 fevralda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan.

2009 yil Toshkent davlat agrar universiteti "Zootexniya" fakulteti "Zootexniya" yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan. 2010-2011 o‘quv yili universitetning iqtidorli talabalar uchun ta'sis etilgan “Mustaqillik” nomli ichki stipendiyasi sovrindori bo‘lgan.

2009 yildan beri dotsent R.X.Xamroqulov rahbarligida “Ultrodisperss biometalining sigirlarning klinik ko‘rsatkichiga ta'siri” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. Amanbayeva Nargiza xalqaro, respublika va universitet miqyosida bo‘lib o‘tgan ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etib, to‘plamlarda hammualliflikda 26 ta tezis 26 maqolalari va 1 ta uslubiy qo‘llanmasi chop etilgan. U san'at sohasidagi iqtidorini ham namoyon etib, 2010 yilda universitetda o‘tkazilgan “Balli yigitlar va balli qizlar” ko‘rik tanlovida faol ishtirok etib, qizlar o‘rtasida faxrli 1-o‘rinni egallagan. Amanbayeva Nargiza universitet jamoat ishlari hamda amaliyot davrida faol ishtirok etganligi uchun rahbariyat tomonidan diplom, faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan bir necha bor taqdirlangan. 2013-2014 yil Toshkent davlat agrar universiteti "Zootexniya" fakulteti "Qoramolchilik" yo‘nalishi magistratura bo‘limida grant asosida taxsil olmoqda. Hozirda "Zootexniya" fakulteti "Zootexniya" yo‘nalishida professor Nosirov raxbarligida “Issiq iqlim sharoitida turli genotipli buqalarning nasldorlik sifatlari” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda.

 

Beglaev Uchqun Xurramovich

Fermer xo‘jaligini boshqarish va yuritish

Halqaro tadbirlardagi ishtiroki:

GermaniyaningLOGO dasturi bo‘yicha 2011-2012 yillar mobaynida amaliyot ishtirokchisi

2015-2016 o‘quv yilidaO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibi

TARJIMAIHOL

Men Beglaev Uchqun Xurramovich 1989-yil 11-avgustda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida ishchi oilasida tug‘ildim.Otam Beglaev XurramYArashevich Qarshimuhandislik-iqtisodiyot institutida haydovchi, onamTilakova Mingbibi Karimovna –uybekasi.

Men 1996-yilda Qarshi shahridagi 26-o‘rta maktabga 1-sinfga qabul qilindim. 2005-yilda9-sinfni tamomlab, 2005-yilda Qarshi shahridagi 42-ixtisoslashgan san’at maktabiga o‘qishimni davom ettirdim. 2007yilda shu maktabni a’lo baholarda tamomlab, 2009-yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 5610100 - “Fermer ho‘jaligini boshqarish va yuritish”bakalavr ta’lim yo‘nalishiga shartnoma asosida o‘qishga qabul qilindim. 2011-yilning may oyidan 2012-yilning may oyiga qadar intitutimiz tomonidan LOGO dasturi bo‘yicha Germaniya davlatida amaliyot o‘tabkeldim. U erda o‘z yo‘nalishimga doir fanlar bo‘yicha va nemis tilini chuqur o‘zlashtirdim. Amaliyot jarayoniga foal ishtiroklarim uchun bir necha yorliqlar bilan taqdirlandim.

2013-yilning 13-14 may kunlari Samarqand qishloq xo‘jalik institutida “Agronomiya” fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika talabalar fan olimpiadasida faxrli 3-o‘rinni egalladim.2014-yilning9-10 may kunlari Toshkent Davlat agrar universitetida “Agronomiya” fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika talabalar fan olimpiadasida faxrli 3-o‘rinni egalladim.

2014-yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining5610100 - “Fermer ho‘jaligini boshqarish va yuritish”bakalavr ta’lim yo‘nalishini imtiyozli diplom bilan tamomladim.

2014-yilda Toshkent Davlat agrar universitetining 5A420101-“Fermer xo‘jaligini boshqarish va yuritish” ta’lim yo‘nalishi magistraturasiga grant asosida o‘qishga qabul qilindim.2015-2016 o‘quv yilidaO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibibo‘ldim. Hozirdauniversitetimizdagi jamoat ishlarida va ilmiy-amaliy anjumanlardamaqolalarim bilan faol qatnashib kelmoqdaman.

Sudlanmaganman, uylanmaganman.O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi a’zosiman.

 

Botirov Javlon Abduhakim o‘g‘li

 

Tug‘ilgan yili, kuni va joyi: 1992 yil 7 may Samarqand viloyati Ishtixon tumani Baxrin qishlog‘i

Ta’lim olgan maktabi: Samarqand viloyati Ishtixon tumani

51-umumta’lim maktabi

Ta’lim olayotgan oliy ta’lim muassasasi: Toshkent davlat agrar universiteti

Faoliyat yo‘nalishi: Buxgalteriya hisobi va audit

Xalqaro tadbirlardagi ishtiroki:

3-5 декабря 2014 Курск. Современные технологии продуктов питания . Сборник научных статей Международной научно-практической конференции

2015. Барнаул. Аграрная наука-сельскому хозяйству Х Международная научно-практическая конференция.

26–27 февраля 2015 г. Екатеринбург УрГАУ«Уральский государственный аграрный университет»Стратегические задачи аграрного образования и науки.Сборник материалов Международной научно-практической конференции

Kabi konferensiyalarda hammualliflik asosida tezis va maqolalar chop etilgan

Tarjimai hol

Botirov Javlon Abduhakim o‘g‘li 1992 yil 7-may kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumani Baxrin qishlog‘ida ziyolilar oilasida tavallud topgan. 1999 yil Samarqand viloyati Ishtixon tumani 51-umumta’lim maktabiga 1-sinfga qabul qilingan. Maktabni a’lo baholarga tugatib 2008 yilda Ishtixon tumani Baxrin qishloq xo‘jalik KXK “Moliya” yo‘nalishiga qabul qilinganman. Kollejni imtiyozli diplom bilan tamomlagan.

2012 yilda Toshkent davlat agrar universitetining “Buhgalteriya hisobi va audit” yo‘nalishiga shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinganman.

Universitetda ta’lim olish bilan bir qatorda jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etgan.

M.V.Lomonosov nomli Maskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialida 2013 yil 16-17 aprel kunlaribo‘lib o‘tgan “Obrazovanie i vospitanie molodeji-fundament blagopoluchiya i protsvetaniya jizni” nomli ilmiy-amaliy konferensiyasida faol ishtirok etib universitet tomonidan Sertifikat bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston “Kamolot” YOIH Markaziy Kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Yurt kelajagi ” iqtidorli yoshlar ko‘rik tanlovining Toshkent viloyati bosqichida faol qatnashganman va tashkiliy qo‘mita tomonidan fahriy yorliq bilan taqdirlandi.

Toshkent davlat agrar universiteti “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan “Agrar korxonalarining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashda buxgalteriya hisobi, audit va moliya-kredit mexanizmining rolini oshirish” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyasida faol qatnashib fahriy yorliq bilan taqdirlandi.