Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshiish tarmoq markazi

24-12-2016 | 12:00 875

 

 

Markaz direktori: MAMATQULOV Abdurashid Vaxidovich

Tel: (8-371) 260-46-81

Email: 

 

 

Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 278-son qarori bilan tashkil etilgan. Tarmoq markazining maqsadi – oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlari sifatini takomillashtirish, ularning bilimi va kasbiy mahoratini aniq yo‘nalishlar bo‘yicha iqtisodiyot sohalarining tezkor rivojlanib borishiga uyg‘unlashtirish, tarmoqdagi innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga joriy qilish, tegishli sohalar bo‘yicha yangi texnika va texnologiyalarni professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘zlashtirishlariga ko‘maklashishdan iborat.

      TDAU huzuridagi PKQT va UMO tarmoq markazida Oliy ta’lim muassasalarining professor o’qituvchilari uchun qishloq ho’jaligining 14 ta yonalishi bo’yicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari mavjud. Bundan tashqari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagog kadrlari va mutaxassislari uchun 4 ta yo’nalishda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini faoliyat ko'rsatadi.

      Markazning maqsadi – qishloq ho’jaligi, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy ta’limi muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek qishloq ho’jaligi, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish.