Marketing

24-12-2016 | 12:00 232

Abituriyentlarni to`lov-kontrakt asosida qabul qilish O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida yagona qabul qoidalari asosida test sinovlarining ballar reytingi bo`yicha Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Davlat komissiyasi tomonidan abituriyentlarni to`lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish to`g`risida qaror qabul qilingandan keyin oliy ta’lim muassasasi bilan yuridik yoki jismoniy shaxslar o`rtasida belgilangan tartibda kontraktlar rasmiylashtiriladi.

Belgilangan namunadagi kontrakt blankalari oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab beriladi va yuridik shaxslar uchun rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolangan holda 3 nusxada, jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada rasmiylashtiriladi. 

Davlat komissiyasi tomonidan to`lov-kontrakt asosida o`qishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to`lov har yili kontrakt shartlarida ko`rsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi. 
Kontrakt shartlari va tomonlarning majburiyatlari, ularning amalga oshirilishi tartibi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

 Respublika oliy ta’lim mussasalarida yo`nalishlar va mutaxassisliklar bo`yicha 2016-2017 o`quv yili uchun tashdiqlangan bir talabani bir yillik to`lov-kontrakt asosida o`qitish qiymatlari 886kb.

2016 yilning 1 sentyabridan oliy ta’lim muassasalarida to`lov-kontrakt asosida o`qitish qiymati miqdorlarining 15 foizga oshganligi sababli O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi talabalar va ularning ota-onalari e’tiboriga quyidagi ma’lumotlarni yetkazadi.

O`zbekiston Respublikasida joriy etilgan oliy ta’lim tizimiga muvofiq, test sinovlari natijalariga ko`ra eng yuqori ballar to`plagan talabalar davlat granti bo`yicha bepul (o`qishga qabul qilinganlarning o`rtacha 33 foizi) o`qiydilar. O`z navbatida qabul kvotalari doirasida “o`tish” ballarini to`plagan talabalar esa, ularni o`qitishga sarflanadigan xarajatlarni qisman qoplashni nazarda tutuvchi to`lov-kontrakt shakli asosida o`qiydilar.

Shu bilan birga talabalarga, ularning davlat granti yoki to`lov-kontrakt shakli asosida o`qishidan qat’iy nazar, har oyda stipendiya to`lab boriladi. Ko`rsatib o`tish joizki, xorijiy davlatlarda talabalarga har oylik stipendiyalar to`lanmaydi.

Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi talabalarni va ularning ota-onalarini qiziqtirgan barcha savollarga, shu jumladan o`qish uchun to`lov shakli, talabalar va ularning ota-onalari tomonidan ta’lim olish uchun ish xaqidan yo`naltiriladigan mablag`larga qo`llaniladigan imtiyoz va yengilliklar qo`llash tartibiga taalluqli, shuningdek ta’lim krediti va boshqa savollarga yozma shaklda hamda davlat interaktiv xizmatlari orqali javob berishga tayyorligini ma’lum qiladi.