OTM tarixi

04-01-2017 | 12:00 712

Toshkent davlat agrar universiteti 1991 yil 11 aprelda agrar universitet maqomiga ega bo‘ldi. 1934 yildan 1991 yilgacha Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti deb nomlanar edi. Bu institut 1931 yilda O‘rta Osiyo paxtachilik-irrigatsiya, politexnika institutidan ajralib chiqqan O‘rta Osiyo paxtachilik instituti hamda O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi institutidan ajralib chiqqan O‘rta Osiyo ipakchilik institutlarining qo‘shilishidan tashkil topgan.
Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti dastlabki yillarda agronomiya, paxtachilik, seleksiya va urug‘chilik, o‘simliklarni himoya qilish va ipakchilik ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlagan. 1941 yildan meva-sabzavotchilik, 1942 yildan uzumchilik, 1944 yildan o‘rmon melioratsiyasi, 1945 yildan agrokimyo va tuproqshunoslik, 1952yildan qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti, 1959 yildan qishloq xo‘jaligida buxgalterlik xisobi, 1978 yildan zootexniya yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlay boshladi. 1959 yildan institutda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda sirtqi ta'lim shakli bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash tashkil etilgan. 1957 yildan 1965 yilgacha Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti biologiya va qishloq xo‘jaligi asoslari bo‘yicha o‘qituvchilar tayyorlagan. 1962-1965 yillarda 122 ta shunday mutaxassis-o‘qituvchilar institutni bitirgan.
1990-1991 o‘quv yilida Tosh QXIda 9ta fakultet bo‘lib, ularning har biri bittadan mutaxassislik bo‘yicha kadrlar tayyorlagan: agrokimyo,agronomiya,meva-sabzavotchilik, o‘simliklarni ximoya qilish, ipakchilik, zoomuxandislik, o‘rmon xo‘jaligi, iqtisod, buxgalterlik.
1975 yildan 1987 yilgacha ToshQXIning Farg‘ona filiali faoliyat yuritgan. Unda agronomiya, zootexniya, qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti, qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi bo‘yicha kunduzgi va sirtqi talim shakllarida kadrlar tayyorlangan. O‘z faoliyati davrida Farg‘ona filiali 2430 nafar oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorladi, jumladan 640- nafar agronom, 516-zootexnik, 633-iqtisodchi va 631-buxgalter.
Mustaqillikka qadar ToshQXI Fargona filiali bilan birga 40368 ta oliy malumotli mutaxassis chiqardi. Bundan  tashqari, ToshQXI 1943-1993 yillarda 71 ta xorijiy mamlakat  uchun 1039 nafar oliy ma'lumotli mutaxassislarni, 41 mamlakat uchun 207 nafar fan nomzodi, fan doktorlarini tayyorlagan. Institut kafedralarida 25 mamlakatdan 111 mutaxassis o‘z malakasini oshirgan, 1976-1990 yillarda institut qoshida ishlagan BMT kurslarida 75 mamlakatdan 615 mutaxassis o‘qib chiqdi.
Agrar universitetning talabalar soni 2015 yil 1 noyabr holatiga ko‘ra 6356 nafarni tashkil qilgan, jumladan bakalavriatda 6116 nafar, magistraturada - 240 nafar.
Ulardan davlat granti asosida 1626ta bakalavriatda va 110 ta magistraturada tahsil olmoqda.
Grant asosida o‘qiyotgan talabalar ulushi, umumiy kontingentda -27,4%, bakalavriatda 26,7% va magistratura -45,8%ni tashkil qiladi.
1 kursga talabalarni qabul qilish kvotasida davlat grantiga bakalavriat bo‘yicha -27,4%, magistratura bo‘yicha -41,1% rejalashtirilgan.
2015/2016 o‘quv yilida shtat jadvali bo‘yicha professor-o‘qituvchilar soni-524 ta,jumladan kafedra mudirlari soni -28 (6 ta doktor va 22 ta dotsent);-professorlar-27.5; dotsentlar-140.25;katta o‘qituvchilar-61.25;o‘qituvchilar-261.5tani tashkil etadi.
Professor-o‘qituvchilar orasida ilmiy darajalilar-205ta bo‘lib, ularning ulushi 39,2% ni tashkil qiladi.
Agrar universitetda 29 ta fan doktori ishlaydi, ulardan 24 tasi professor unvonida va 5 tasi dotsent, 174 ta fan nomzodi bor, ulardan  1-tasi professor ilmiy unvoniga ega, 95 ta -dotsent.
Agrar universitetning o‘qituvchilari orasida 6 tasi professor va 1 ta dotsent respublikaning  faxriy unvonlari  bilan taqdirlangan. Ular orasida 2 ta O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (Nosirov U.M., Zuyev V.I.) Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi-1 (Turopov I).Xizmat ko‘rsatgan xalq ta'limi xodimi -2 (X.X.Kimsanboyev, X.N.Atabayeva), Xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi - 2 (X.Maksudov, X.B.Shoumarov).
ToshDAU tarkibida 7 ta fakultet mavjud: Agronomiya, Seleksiya, urug‘chilik va o‘simliklarni himoya qilish,Meva-sabzavotchilik va uzumchilik, O‘rmonchilik va dorivor o‘simliklar, Zootexniya va ipakchilik, Agroinjeneriya, Qishloq xo‘jaligida menejment.
Agrar universitetda 29 kafedra mavjud. Agroinjeneriya fakultetida 4 ta kafedra, qolgan 6ta fakultetda 3 tadan kafedra bor. Undan tashqari,        7 ta fakultetlararo kafedralar, shu jumladan Harbiy kafedra ham mavjud. Barcha kafedralarda Davlat ilmiy -texnika dasturining tarkibiy qismiga aylangan tashabbusli mavzuda ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. O‘qituvchilarning bir qismi davlat grantlari va xo‘jalik shartnomalari  bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirmoqadalar. 2015 yil ToshDAU Respublikamizdagi boshqa oliy ta'lim muassasalari bilan birga Yevropa Ittifoqi Tempus dasturi bo‘yicha 2 loyiha ijrosida qatnashdi:) “O‘zbekistonda agrar menejmentning barqaror rivojlanishini o‘qitish”, “O‘zbekistonda ijtimoiy sog‘liqni saqlashni o‘qitish  uchun oliy ta'lim strukturasini yaxshilash” Ushbu loyihalarni moliyalashtirishda ToshDAU ning ulushi uch yilga 143016 yevroni tashkil qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasining davlat grantlari bo‘yicha ToshDAU 2015 yilda  asosiy tadqiqotlar bo‘yicha yillik moliyalashtirish hajmi 143,43 mln. so‘mlik 2 ta loyiha, amaliy tadqiqotlar bo‘yicha 765 mln so‘mlik 13 ta loyihani, innavotsion tadqiqotlar bo‘yicha 193,250 mln so‘mlik 4 ta loyiha, yosh olimlarning tadqiqotlari bo‘yicha - 107, 207 mln so‘mlik 3 ta loyihani bajarishdi. Agrar universitetda ilmiy ishlarni tadbiq etish uchun 472,9 mln so‘mlik 60 ta ho‘jalik shartnomalari  tuzildi. 2015 yil  agrar universiteti bo‘yicha bajarilgan  ilmiy loyihalarni  moliyalashtirish  hajmi 47 ming yevroni va 1 mlrd 690 mln 463 ming so‘mni tashkil qildi.
Toshkent davlat agrar universiteti qoshida  Qishloq xo‘jaligi Iqtisodiyoti  ITI yuridik shaxs huquqi asosida faoliyat yuritmoqda.  Uni moliyalashtirish ilmiy va innovatsion loyiihalar hisobiga amalga oshiriladi. 
ToshDAU yuqori malakali ilmiy va  ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash  va attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ishlarni amalga oshirayapti. Unda katta ilmiy xodimlar izlanuvchilar instituti faoliyat ko‘rsatmoqda (shu jumladan 11 ta kishi 1 kursda va 2 ta kishi 2 kursda) va 13 ta mustaqil izlanuvchilar, shu jumladan 1 kursda 5 kishi  va 2 kursda 8 kishi, tahsil olmoqda.
Agrar universitetda “Agrar ilmi Axborotnomasi” ilmiy jurnali chop etiladi.
ToshDAU kadrlar tayyorlashni 3 ta bilim sohasi bo‘yicha amalga oshiradi, ular tarkibiga 21 yo‘nalish va 38 ta magistratura mutaxassisligi kiradi.
100000-“Gumanitar soha” bilim  sohasi bo‘yicha 110000-Pedagogika ta'lim sohadagi  5111000- Kasbiy ta'lim yo‘nalishi 4 ta yo‘nalish bo‘yicha bakalavr tayyorlaydi: 5410200-Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha), 5410500-Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi, 5430100-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va 5430200-Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish. 
200000-Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq bilim sohasi bo‘yicha  230000-Iqtisod ta'lim sohasi  3 ta ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlaydi: 5230100-Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligi), 5230400- Marketing (agrosanoat majmui bo‘yicha), 5230900-Buxgalteriya hisobi va audit (agrar sektor bo‘yicha).
400000-Qishloq va suv xo‘jaligi bilim sohasi  bo‘yicha 410000-Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi ta'lim sohasida  14 ta ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar 5410100-Agrokimyo va agrotuproqshunoslik, 5410200-Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha),5410300-O‘simliklarni himoya qilish va karantini, 5410400-Qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi,  5410500-Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi, 5410600- Zootexniya (hayvonlar turlari bo‘yicha), 5410800-O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish, 5410900-Ipakchilik, 5411000-Meva-sabzavotchilik va uzumchilik, 5411100-Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi, 5420100-Qishloq xo‘jaligida menejment, 5430100-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish,  5430200-Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish, 5440100-Veterinariya. 
ToshDAU 400000-Qishloq va suv xo‘jaligi bilim sohasida bo‘yicha magistrlar 38 ta mutaxassislik bo‘yicha tayyorlanadi: 5A410101-Agrotuproqshunoslik va agrofizika (tuproq agrofizikasi), 5A410101-Agrotuproqshunoslik va agrofizika (tuproqni baholash), 5A410102 -Agrokimyo, 5A410201-Agronomiya, 5A410202-O‘simlikshunoslik (paxtachilik), 5A410202-O‘simlikshunoslik (donchilik), 5A410202-O‘simlikshunoslik (sanoat ekinlari), 5A410202-O‘simlikshunoslik (moyli ekinlar), 5A410301-O‘simliklar himoyasi (kimyoviy usul), 5A410301-O‘simliklar himoyasi (biologik usul), 5A410302-Entomologiya, 5A410303- Fitopotologiya, 5A410401-Seleksiya va urug‘chilik (paxta), 5A410401-Seleksiya va urug‘chilik (meva-sabzavotlar), 5A410401-Seleksiya va urug‘chilik (donchilik), 5A410401-Seleksiya va urug‘chilik (moyli ekinlar), 5A410501- Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (dala ekinlari), 5A410601- Parrandachilik, 5A410603-Qishloq xo‘jalik hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish va ularning seleksiyasi (qoramol),  5A410603-Qishloq xo‘jalik hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish va ularning seleksiyasi (quy) 5A410603-Qishloq xo‘jalik hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish va ularning seleksiyasi (asalarichilik), 5A410801-O‘rmonchilik, 5A410901-Ipakchilik, 5A411001-Sabzavotchilik va polizchilik, 5A411002-Mevachilik, , 5A411003-Uzumchilik va uzumni dastlabki ishlash,5A411004-Kartoshkachilik, 5A411005-Meva-sabzavotchilikda biotexnologiya,  5A411101-Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi, 5A420101-Qishloq xo‘jaligida menejment, 5A430101-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish (dehqonchilik),5A430101-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish (bog‘bonchilik va polizchilik), 5A430101-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish (chorvachilik), 5A430101-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish (qishloq xo‘jaligi texnikalari ekspluatatsiyasi, qayta ishlash va ta'mirlash), 5A430102- Qishloq xo‘jaligi texnikasini loyihalashtirish va konstruksiyalash, 5430201- ASMning elektr qurilmalari va  elektr ta'minoti.

TOSHDAUNING NUKUS FILIAL

Tosh DAU ning hozirgi Nukus filiali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “2003/2004 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalariga qabul qilish to‘g‘risida”gi 2003 yil 14 iyunda chiqqan  263-sonli  qaroriga asosan  Qoraqolpog‘iston davlat universitetining agrar fakulteti bazasida tuzilgan. Ushbu qarorga asosan agrar fakultetning 2-4 kurs talabalari filialga o‘tishdi.
YUqorida qayd etilgan Vazirlar Maxkamasining qaroriga ko‘ra bakalavriatning 1-kursiga qabul qilish 7 ta yo‘nalish bo‘yicha 200 ta kishini va  3ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 25 kishini tashkil etdi. ToshDAUning Nukus filiali  1992 yilda ham QQDU agrar fakulteti bazasida tashkil etilgan edi. Lekin 1995 yilda VMning 211-sonli O‘zbekiston Respublikasi OTMlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Nukus filiali faoliyati to‘htatildi.
1993-1995 yillarda ToshDAUning Nukus filiali 889 ta diplomli mutaxassis tayyorladi, jumladan 225 ta agronom, 88 ta iqtisodchi,   22-buxgalter(xisobchi), 548-qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash bo‘yicha injenerlarni tayyorladi.
2004 yildan boshlab  Tosh DAUning Nukus filiali 2673ta mutaxassis, jumladan 2560ta bakalavr va 113 ta  magistrlarni tayyorladi.
Tosh DAUning Nukus filialida tahsil olayotgan  talabalar soni 2015 yil         1 noyabr holatiga ko‘ra 1631ni,  shu jumladan  1615-bakalavriat talabalari va 16 ta -magistratura talabalarini tashkil qildi. Davlat granti asosida o‘qiyotgan talabalar soni esa: bakalavriatda- 581 kishini, magistraturada-9 kishini yoki 36.0% va 56.2%ni tashkil etadi. Bu oliy ta'lim muassasida davlat granti asosida o‘qiyotgan talabalarning umumiy ulushi  36.2%ni tashkil etadi.
Professor o‘qituvchilarning soni shtat jadvali  bo‘yicha 2015/2016 o‘quv yilida 133 kishini, jumladan  9 ta -kafedra mudiri (1-professor,            8-dotsent), professorlar-4, dotsentlar-18, katta o‘qituvchilar-9 , o‘qituvchilar va assistentlar-93  kishini tashkil etdi. Professor-o‘qituvchilardan         5 kishi fan doktori va 24 kishi  fan nomzodlari. 
Ilmiy darajali o‘qituvchilar ulushi umumiy songa nisbatan 21%ni, shuningdek,  fan doktorlari - 3.8% ni  va fan nomzodlari  18,0% ni tashkil qiladi.
Filial o‘qituvchilaridan  oltitasi faxriy unvonlarga ega, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi 2 (Ye.Toraniyazov, M.Ibragimov),  Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimlari -3ta (O. Auyazov, U.Abillayev, T.Oserbayeva), xizmat ko‘rsatgan sportchi - 1 ta (R.Kazakov).
ToshDAU ning Nukus filialida 3 fakultet faoliyat yuritmoqda: Agronomiya, Agroinjeneriya, Qishloq xo‘jaligida menejment,  ular tarkibida  9 ta kafedra bor.
ToshDAU ning Nukus filiali o‘qituvchilari bakalavrlar va magistrlar tayyorlash bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan bir qatorda ilmiy tadqiqotlar  va ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash ishlarini ham olib bormoqda. Har bir kafedrada tashabbusli mavzularda ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ayrim o‘qituvchilar Qoraqolpog‘iston Respublikasidagi ta'lim muassasalari bilan birgalikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Ular ilmiy  muassasalar bajarayotgan 4 ta ilmiy loyiha rahbarlaridir. Shulardan bittasi Qoraqalpog‘iston Respublikasining dehqonchilik ITI  va 3 tasi Qoraqalpog‘iston don va dukkakli ekinlar  ITI ilmiy-tajriba stansiyasida bajarilmoqda.
2015 yil  ToshDAU ning Nukus filiali O‘zbekiston Respublikasining boshqa oliy ta'lim muassasalari bilan birga Yevropa Ittifoqi Tempus dasturi bo‘yicha bitta loyihani amalga oshirishda  qatnashdi. Undan tashqari,  filial moliyalashtirish hajmi 1 yilda 35,0 mln so‘mni tashkil qilgan amaliy tadqiqotlar bo‘yicha 1 ta loyhani bajardi.
ToshDAU ning Nukus filiali  yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshirmoqda. Bu yerda 2015 yili doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha 2-kursda 2 ta mustaqil tadqiqotchi shug‘ullandi.
ToshDAU ning Nukus filiali kadrlar tayyorlashni 2 ta  bilim sohasi bo‘yicha amalga oshirmoqda: 200000-Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq; 400000-Qishloq va suv xo‘jaligi: ularga 13 ta bakalavriat ta'lim yo‘nalishi va 3 magistratura mutaxassisligi kiradi.
200000- Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq bilim soxasi bo‘yicha filial 1 ta bakalavriat ta'lim yo‘nalishida  kadrlar tayyorlaydi: 5230900-Buxgalteriya hisobi va audit (agrar sektor bo‘yicha).
400000-Qishloq va suv xo‘jaligi bilim sohasi bo‘yicha 12ta yo‘nalishda kadrlar tayyorlaydi: 5410100-Agrokimyo va agrotuproqshunoslik, 5410200-Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha), 5410300-O‘simliklarni himoya qilish va karantini, 5410400-Qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi,  5410500-Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi, 5410600- Zootexniya (hayvonlar turlari bo‘yicha), 5410700-Yer tuzish va yer kadastri, 5410800-O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish, 5410900-Ipakchilik, 5411000-Meva-sabzavotchilik va uzumchilik, 5411100-Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi, 5420100-Qishloq xo‘jaligida menejment, 5430100-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va 5450200-Suv xo‘jaligi va melioratsiya.
ToshDAUning Nukus filialida magistrlarni tayyorlash quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha amalga oshirilmoqda: 5A410301-O‘simliklar himoyasi (usullar bo‘yicha), 5A410603-Qishloq xo‘jalik hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish va ularning seleksiyasi (hayvonlar turlari bo‘yicha), 5A430101-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish (sektor bo‘yicha).