Rektor tabrigi

04-01-2017 | 12:00 1845

Hurmatli hamkasblar!

Aziz talaba yoshlar!

Mamlakatimizdagi “Ta'lim to'g'risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarining hayotga izchil tadbiq etilishi, ayniqsa iqtisodiy islohotlarning barcha sohada, jumladan oliy ta'lim tizimida muvaffaqiyatli joriy etilishi tufayli tub o'zgarishlar bo'lmoqda. Bugun shuni alohida ta'kidlash kerakki, oliygohimiz qisqa muddat ichida ko'p tarmoqli mutaxassis-kadrlar tayyorlash bo'yicha ma'lum darajada tajriba to'pladi. Buning uchun bizda barcha imkoniyatlar, shart-sharoitlar muhayyo etilganidan har qancha faxrlansak arziydi.

Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning ravnaqini jahonning yirik rivojlangan mamlakatlari darajasiga ko'tarish, O'zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ko'rsatib o'tilganidek, har tomonlama etuk jahon andozalariga javob beradigan mutaxassiclarni tayyorlash masalasiga bog'liqdir.

Toshkent davlat agrar universiteti ham bugungi kunda, O'zbekiston Respublikasida agrar sohasiga ixtisoslashgan kadrlarni tayyorlovchi yagona oliy ta'lim muassasalaridan biridir.

Bugungi kunda universitet tarkibida 7 ta – Agronomiya, Selektsiya, urug'chilik va o'simliklarni himoya qilish, Meva-sabzavotchilik va uzumchilik, O'rmonchilik va dorivor o'simliklar, Zootexniya va ipakchilik, Agroinjeneriya, Qishloq xo'jaligida menejment fakultetlari mavjud. Toshkent davlat agrar universiteti – bu yuksak ilmiy salohiyatga ega, ilm olishning keng imkoniyati, xalqaro aloqalar taraqqiy topgan, jamoatchilik rag'bati yuksak mutaxassislarni tayyorlovchi oliy o'quv yurtininig zamonaviy ko'rinishidir.

So'nggi yillarda universitetimizda yaxshi an'analar yo'lga qo'yildi, bakalavriatura va magitratura mutaxassislarini o'qitish va dissertatsiyalar himoyasiga yangicha yondashilmoqda, oliygohning moddiy-texnik baza yaxshilanib, Yevropa va Osiyoning mashhur oliygohlari bilan halqaro hamkorlik qilish yanada ko'paymoqda.

Qadrli ustozlar, aziz talaba yoshlar!

Sizlarni va sizlar orqali oila a'zolaringizni yana bir bor Mustaqilligimizning 25 yillik bayrami hamda 2 sentyabr shodiyonasi – Yangi o'quv yilining boshlanishi bilan qizg'in tabriklayman. Sizlarga a'lo o'qish hamda ijodiy ishlaringizda yangidan-yangi g'alabalar yor bo'lsin!

Universitet rektori – Botirjon Sulaymonov. Biologiya fanlari doktori, professor.