Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi

05-02-2018 | 12:00 151

 “Ta’lim sifatini nazorat qilish” bo‘limi boshlig‘i

Qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi: Kamilov Bobur Sultonovich

Telefon: 0 (371) 260-48-79

E-mail: 

 

“Ta’lim sifatini nazorat qilish” bo‘limi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar MahkamasiningO‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi 2017 yil 18 iyul, 515-son qaroriga asosan Jizzax politexnika institutida “Ta’lim sifatini nazorat qilish” bo‘limi ish faoliyatini boshladi.

1. Bo‘limning asosiy maqsadi universitet talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, JizPIni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko‘rishdan iborat.

2. Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari,Davlat inspeksiyasi hamda universitet rektorining buyruqlari va qonuniy ko‘rsatmalariga, shuningdek Bo‘lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq olib boradi.

 

Bo‘lim amalga oshirilgan ishlar, muammolar va kamchiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda universitet rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etadi.

 

          “Ta’lim sifatini nazorat qilish” bo‘limi bosh mutaxassisi

Telefon: 0 (371) 260-48-79

E-mail:

 

         "Ta’lim sifatini nazorat qilish” bo‘limi bosh mutaxassisi

 

Telefon:0 (371) 260-48-79

E-mail: 

 

3. Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

 

Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;

Universitetda ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;

Universitet talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish;

Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;

Kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;