TDAU Nukus filiali

04-01-2017 | 12:00 371

ToshDAU ning hozirgi Nukus filiali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “2003/2004 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalariga qabul qilish to‘g‘risida”gi 2003 yil 14 iyunda chiqqan  263-sonli  qaroriga asosan  Qoraqolpog‘iston davlat universitetining agrar fakulteti bazasida tuzilgan. Ushbu qarorga asosan agrar fakultetning 2-4 kurs talabalari filialga o‘tishdi.
YUqorida qayd etilgan Vazirlar Maxkamasining qaroriga ko‘ra bakalavriatning 1-kursiga qabul qilish 7 ta yo‘nalish bo‘yicha 200 ta kishini va  3ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 25 kishini tashkil etdi. ToshDAUning Nukus filiali  1992 yilda ham QQDU agrar fakulteti bazasida tashkil etilgan edi. Lekin 1995 yilda VMning 211-sonli O‘zbekiston Respublikasi OTMlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Nukus filiali faoliyati to‘htatildi.
1993-1995 yillarda ToshDAUning Nukus filiali 889 ta diplomli mutaxassis tayyorladi, jumladan 225 ta agronom, 88 ta iqtisodchi,   22-buxgalter(xisobchi), 548-qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash bo‘yicha injenerlarni tayyorladi.
2004 yildan boshlab  Tosh DAUning Nukus filiali 2673ta mutaxassis, jumladan 2560ta bakalavr va 113 ta  magistrlarni tayyorladi.
Tosh DAUning Nukus filialida tahsil olayotgan  talabalar soni 2015 yil         1 noyabr holatiga ko‘ra 1631ni,  shu jumladan  1615-bakalavriat talabalari va 16 ta -magistratura talabalarini tashkil qildi. Davlat granti asosida o‘qiyotgan talabalar soni esa: bakalavriatda- 581 kishini, magistraturada-9 kishini yoki 36.0% va 56.2%ni tashkil etadi. Bu oliy ta'lim muassasida davlat granti asosida o‘qiyotgan talabalarning umumiy ulushi  36.2%ni tashkil etadi.
Professor o‘qituvchilarning soni shtat jadvali  bo‘yicha 2015/2016 o‘quv yilida 133 kishini, jumladan  9 ta -kafedra mudiri (1-professor,            8-dotsent), professorlar-4, dotsentlar-18, katta o‘qituvchilar-9 , o‘qituvchilar va assistentlar-93  kishini tashkil etdi. Professor-o‘qituvchilardan         5 kishi fan doktori va 24 kishi  fan nomzodlari. 
Ilmiy darajali o‘qituvchilar ulushi umumiy songa nisbatan 21%ni, shuningdek,  fan doktorlari - 3.8% ni  va fan nomzodlari  18,0% ni tashkil qiladi.
Filial o‘qituvchilaridan  oltitasi faxriy unvonlarga ega, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi 2 (Ye.Toraniyazov, M.Ibragimov),  Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimlari -3ta (O. Auyazov, U.Abillayev, T.Oserbayeva), xizmat ko‘rsatgan sportchi - 1 ta (R.Kazakov).
ToshDAU ning Nukus filialida 3 fakultet faoliyat yuritmoqda: Agronomiya, Agroinjeneriya, Qishloq xo‘jaligida menejment,  ular tarkibida  9 ta kafedra bor.
ToshDAU ning Nukus filiali o‘qituvchilari bakalavrlar va magistrlar tayyorlash bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan bir qatorda ilmiy tadqiqotlar  va ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash ishlarini ham olib bormoqda. Har bir kafedrada tashabbusli mavzularda ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ayrim o‘qituvchilar Qoraqolpog‘iston Respublikasidagi ta'lim muassasalari bilan birgalikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Ular ilmiy  muassasalar bajarayotgan 4 ta ilmiy loyiha rahbarlaridir. Shulardan bittasi Qoraqalpog‘iston Respublikasining dehqonchilik ITI  va 3 tasi Qoraqalpog‘iston don va dukkakli ekinlar  ITI ilmiy-tajriba stansiyasida bajarilmoqda.
2015 yil  ToshDAU ning Nukus filiali O‘zbekiston Respublikasining boshqa oliy ta'lim muassasalari bilan birga Yevropa Ittifoqi Tempus dasturi bo‘yicha bitta loyihani amalga oshirishda  qatnashdi. Undan tashqari,  filial moliyalashtirish hajmi 1 yilda 35,0 mln so‘mni tashkil qilgan amaliy tadqiqotlar bo‘yicha 1 ta loyhani bajardi.
ToshDAU ning Nukus filiali  yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshirmoqda. Bu yerda 2015 yili doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha 2-kursda 2 ta mustaqil tadqiqotchi shug‘ullandi.
ToshDAU ning Nukus filiali kadrlar tayyorlashni 2 ta  bilim sohasi bo‘yicha amalga oshirmoqda: 200000-Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq; 400000-Qishloq va suv xo‘jaligi: ularga 13 ta bakalavriat ta'lim yo‘nalishi va 3 magistratura mutaxassisligi kiradi.
200000- Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq bilim soxasi bo‘yicha filial 1 ta bakalavriat ta'lim yo‘nalishida  kadrlar tayyorlaydi: 5230900-Buxgalteriya hisobi va audit (agrar sektor bo‘yicha).
400000-Qishloq va suv xo‘jaligi bilim sohasi bo‘yicha 12ta yo‘nalishda kadrlar tayyorlaydi: 5410100-Agrokimyo va agrotuproqshunoslik, 5410200-Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha), 5410300-O‘simliklarni himoya qilish va karantini, 5410400-Qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi,  5410500-Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi, 5410600- Zootexniya (hayvonlar turlari bo‘yicha), 5410700-Yer tuzish va yer kadastri, 5410800-O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish, 5410900-Ipakchilik, 5411000-Meva-sabzavotchilik va uzumchilik, 5411100-Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi, 5420100-Qishloq xo‘jaligida menejment, 5430100-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va 5450200-Suv xo‘jaligi va melioratsiya.
ToshDAUning Nukus filialida magistrlarni tayyorlash quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha amalga oshirilmoqda: 5A410301-O‘simliklar himoyasi (usullar bo‘yicha), 5A410603-Qishloq xo‘jalik hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish va ularning seleksiyasi (hayvonlar turlari bo‘yicha), 5A430101-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish (sektor bo‘yicha).