• uzbekistan
  • uzbekistan
  • Русский
  • English

Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash

Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash ta’lim yo‘nalishi qishloq xoʻjaligida insonning jismoniy (qoʻl) mehnatini mashina va mexanizmlar bilan bajarish, samaradorligini oshirish hamda mehnat sharoitlarini yaxshilash, qishloq xoʻjaligining mahsuldorligi seleksiya, kimyolashtirish va boshqa bilan bir qatorda barcha turdagi qishloq xoʻjaligi ishlarini mexanizatsiyalash darajasi bilan belgilanadi. Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashni tavsiflovchi asosiy koʻrsatkichlardan biri -mehnatning energiya bilan qurollanishi [ishlab chiqarish jarayonida mehnatning barcha turdagi (elektr, mexanik va issiqlik) energiya bilan taʼminlanish darajasini ifodalovchi koʻrsatkich] va texnika foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar. Bitiruvchilar O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi korxonalarda va “Qishloq xo‘jaligi” vazirligining qishloq xo‘jaligi korxonalari, fermer xo‘jaliklari, agrosanoat majmualarida va ishlab chiqarish muhandislik korxonalarida etakchi muhandis, muhandis-texnolog, yetakchi muhandis, muhandis-konstruktor, bosh injener, muhandis-konstruktor, muhandis-mexanik, servis xizmati bo‘yicha bosh mutaxassis va turli mutaxassislik lavozimlarida ishlashlari mumkin.

Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash

Umumiy ma'lumot

Agromuhandislik va agrotexnologiya fakulteti
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash
  • Yo'nalish kodi
    60810100
  • O'qish davomiyligi
    4 yil
  • Davlat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Ta'lim shakli
    Kunduzgi
  • Ta'lim darajasi
    Bakalavr

Asosiy fanlar

  • Qishloq xo‘jaligi muhandisligi asoslari
  • Hayot faoliyati xavfsizligi
  • Muhandislik va kompyuter grafikasi
  • Amaliy dasturlash
  • Gidravlika va gidravlik tizimlar
  • Muhandislik termodinamikasi
  • Nazariy mexanika. Materiallar qarshiligi
  • Mashina detallari
  • Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
  • Tuproqshunoslik va dehqonchilik
  • Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish texnologiyalari
  • Traktor va transport vositalari
  • Qishloq xo‘jaligi mashinalari
  • Aniq koordinatali qishloq xo‘jaligi
  • Chorvachilik texnika va texnologiyalari
  • Qishloq xo‘jalik texnikalaridan foydalanish va texnik servis
  • Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalar