Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

RESPUBLIKA DAVLAT OLIY TA'LIM MUASSASALARI MAGISTRATURASIGAQABUL BO‘YICHA TURDOSH OLIY TA’LIM YO‘NALISHLARINING RO‘YXATI TASDIQLANDI 

    Endilikda oliygohlar bitiruvchilari mos (muvofiq) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda qatnasha oladilar.

Bunda:

— magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga talabgor bitiruvchilar tamomlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining shifri va nomi amaldagi “Oliy ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi klassifikatori”ga muvofiqlashtirilib, inobatga olinadi;

— diplomli mutaxassis malakasiga ega bo‘lgan shaxslar muvofiq bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatidagi mutaxassisliklarning birida tanlovda qatnashadi;

— turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatiga kirmagan yo‘nalishlarning bitiruvchilari faqat shu ta’lim yo‘nalishi mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda qatnashadi.

2022-2023 o‘quv yili uchun Respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo‘yicha turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxatini yuklab olish