Toshkent davlat agrar universitetida xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma dasturlarga hujjatlar qabuli boshlandi
Qabul muddati: 2024 yil 30 oktabrga qadar.
BAKALAVRIAT
- 60410200-Buxgalteriya hisobi ta’lim yo‘nalishi. Ta’lim tili-rus tili. Ta’lim shakli-sirtqi. O‘qish muddati 5 yil, bunda dars mashg‘ulotlari 1-3 kurslarda Toshkent davlat agrar universitetida, 4-5 kurslarda Irkutsk davlat agrar universitetida olib boriladi. To‘lov-kontrakt miqdori bir o‘quv yili uchun 12.600.000 so‘m.
-
- 60410900-Biznesni boshqarish ta’lim yo‘nalishi. Ta’lim tili-ingliz va rus tillari. Ta’lim shakli-kunduzgi. O‘qish muddati 3 yil, bunda dars mashg‘ulotlari 1-2 kurslarda Toshkent davlat agrar universitetida, 3-kursda Polsha Respublikasining WSB universitetida olib boriladi. To‘lov-kontrakt miqdori bir o‘quv yili uchun 9.450.000 so‘m + 700 EUR (3-kurs uchun faqat 700 EUR).
-
- 61010400-Logistika ta’lim yo‘nalishi. Ta’lim tili-ingliz tili. Ta’lim shakli-kunduzgi. O‘qish muddati 4 yil, bunda dars mashg‘ulotlari 1-2 kurslarda Toshkent davlat agrar universitetida, 3-4 kurslarda Litva Respublikasining Vytautas Magnus universitetida olib boriladi. To‘lov-kontrakt miqdori bir o‘quv yili uchun 12.600.000 so‘m, 3-4 kurslarda bir o‘quv yili uchun 2100 EUR.
-
- 60811000-Meva-sabzavotchilik va uzumchilik ta’lim yo‘nalishi. Ta’lim tili-o‘zbek va turk tillari. Ta’lim shakli-kunduzgi. O‘qish muddati 4 yil, bunda dars mashg‘ulotlari 1 kursda Toshkent davlat agrar universitetida, 2-4 kurslarda Turkiya Respublikasining EGE universitetida olib boriladi. To‘lov-kontrakt miqdori bir o‘quv yili uchun 10.500.000 so‘m, 2-4 kurslarda bir o‘quv yili uchun 900 $.
MAGISTRATURA
- 70410901-Biznesni boshqarish (Master of Business Administration-MBA) Ta’lim tili-ingliz tili. Ta’lim shakli-kunduzgi. O‘qish muddati 2 yil, bunda dars mashg‘ulotlari 1 kursda Toshkent davlat agrar universitetida, 2-kursda Xitoy Xalq Respublikasining Shimoliy g‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universitetida olib boriladi. To‘lov-kontrakt miqdori birinchi kurs uchun 13.650.000 so‘m, 2-kurs uchun grant asosida.
-
- 70410901-Biznesni boshqarish (Master of Business Administration-MBA) Ta’lim tili-rus tili. Ta’lim shakli-kunduzgi. O‘qish muddati 2 yil, bunda dars mashg‘ulotlari 1 kursda Toshkent davlat agrar universitetida, 2-kursda Polsha Respublikasining WSB universitetida olib boriladi. To‘lov-kontrakt miqdori birinchi kurs uchun 13.650.000 so‘m, 2-kurs uchun 1700 EUR.
-
- 70810803-Chorvachilik Ta’lim tili-ingliz tili. Ta’lim shakli-kunduzgi. O‘qish muddati 2 yil, bunda dars mashg‘ulotlari 1 kursda Toshkent davlat agrar universitetida, 2-kursda Xitoy Xalq Respublikasining Shimoliy g‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universitetida olib boriladi. To‘lov-kontrakt miqdori birinchi kurs uchun 13.650.000 so‘m, 2-kurs uchun grant asosida.
-
- 70811001-Mevachilik Ta’lim tili-ingliz tili. Ta’lim shakli-kunduzgi. O‘qish muddati 2 yil, bunda dars mashg‘ulotlari 1 kursda Toshkent davlat agrar universitetida, 2-kursda Xitoy Xalq Respublikasining Shimoliy g‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universitetida olib boriladi. To‘lov-kontrakt miqdori birinchi kurs uchun 13.650.000 so‘m, 2-kurs uchun grant asosida.
-
- 70720102-Oziq-ovqat xavfsizligi Ta’lim tili-ingliz tili. Ta’lim shakli-kunduzgi. O‘qish muddati 2 yil, bunda dars mashg‘ulotlari 1 kursda Toshkent davlat agrar universitetida, 2-kursda Vengriyaning MATE universitetida olib boriladi. To‘lov-kontrakt miqdori birinchi kurs uchun 12.600.000 so‘m, 2-kurs uchun 6000 EUR.
Ushbu qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul qilingan talabalar ta’lim dasturini muvaffaqiyatli tamomlaganlaridan so‘ng har ikkala oliy ta’lim muassasalaridan alohida davlat namunasidagi diplomlarga ega bo‘ladi.
Аbiturientlardan talab qilinadigan hujjatlar:
- Аbiturient arizasi (elektron tarzda onlayn to‘ldiriladi);
2. Pasport (PDF yoki JPEG formatida);
3. Аttestat yoki diplom ilovasi bilan (PDF formatida);
4️. Foto (portret) 3,5x4,5 JPEG formatida;
5️. Xorijiy tilni bilish bo‘yicha sertifikat (agar mavjud bo‘lsa CEFR, IELTS, TOEFL)
Hujjatlar qabuli quyidagi havola orkali onlayn amalga oshiriladi:
Ro'yxatdan o`tish
Koll-markaz:
+(99871) 260-48-80
+(99893) 260-43-41