Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlarni ijtimoiy himoya qilish, ehtiyojmand, oilaviy sharoiti og‘ir oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2018 yilda berilgan moddiy yordam va rag‘batlantirishlar haqida ma’lumotlar - ko'rish

Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlariga sanatoriya va dam olish maskanlarida sog‘liqlarini tiklash uchun ajratilgan imtiyozli yo‘llanmalar ro‘yxati - ko'rish

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarida faollik ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlarni 2019 yil davomida Yalta va Kislovodsk shaharlarida joylashgan “O‘zbekiston” sanatoriyalarida munosib dam olishlarini tashkil etish maqsadida Jamoa shartnomasining 5.3 va 5.4-bandlariga asosan qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlanishida o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan, ilmiy-pedagogik hayotida talabalar va shogirdlarga o‘zoq yillar ta’lim tarbiya berayotgan pedagog-o‘qituvchilarni dam olishlarini ta’minlashda universitet ma’muriyati tomonidan xodimlarning chiqimdor qilmagan holda X.Shaumarov va I.Xo‘jamuradovlar Yalta sanatoriyasi uchun yo‘llanmalar bilan ta’minlandi.

“Kasaba uyushmalari mehnat muhofaza qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va navbatdagi vazifalar to‘g‘risida” o‘quv-seminar

Bugungi kunda yuzdan ortiq davlatlarda dunyo hamjamiyatlarida ish joylarida sodir bo‘layotgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklariga chalinishning oldini olish hamda mehnat muhofazasi masalalariga e’tiborni yanada kuchaytirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Har yili 270 million mehnatkashlar yengil, og‘ir shikastlanishlar, o‘lim bilan tugagan hodisalar, 160 million kasb kasalliklari ro‘yxatga olinmoqda. Jarohatlanish oqibatida xodimlarning uchdan bir qismi 4 ish kunidan ortiq ish joyida bo‘lmaslik bilan iqtisodiyotga zarar keltirmoqda.
Xalqaro Mehnat Tashkilotining baholashicha ishlab chiqarish bilan bog‘liq va kasb kasalliklari oqibatidagi zarar ya’ni, jahon iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulotning 4% yo‘qotilishiga sabab bo‘lmoqda.
Yuqorida qayd etilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, har bir ishchi-xodim sog‘lom muhit va xavfsiz sharoitlarda ishlashga haqli. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, xavfsizlik madaniyatining yuqori darajada bo‘lishi mehnatkashlarga, ish beruvchilarga va hukumatga birdek naf keltiradi.
Toshkent davlat agrar universitetida joriy yilning 30 oktyabr kuni Toshkent davlat agrar universiteti hamda O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bilan hamkorlikda “Kasaba uyushmalari mehnat muhofaza qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va navbatdagi vazifalar to‘g‘risida” o‘quv-seminar o‘tkazildi. Seminarda barcha fakltut, kafedra, bo‘lim sex kasaba uyushmasi vakillari, Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi ishchi-xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda “Ijtimoiy himoya va munosib mehnat haqida” Ma’ruzachi: Begimqulova Shoxida Bazarbayevna- O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi, “Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi haqida” Ma’ruzachi: Umarov Xurshid O‘ktamovich - O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri, “Mehnat qonunchiligi va mehnat munosabatlari haqida” Ma’ruzachi: Abdullayev Manzurbek Nuratdinovich - O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Bosh yuriskonsulti o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etadi.
Seminar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollar bilan fikr almashildi va kelgusida rejalashtirilgan chora-tadbirlar yuzasidan jamoatchilik fikri o‘rganildi.
Tadbir yakunida ish beruvchi tomonidan Xo‘jalik bo‘limi ishchi-xodimlariga uchun maxsum bosh kiyim va birinchi tibbiy yordam vositalari tarqatildi.