Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

Kengaytirilgan ilmiy kengash bo‘lib o‘tdi

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son Qarori va Oliy  va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 28-iyuldagi 670-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Universitetimiz rektorining 2018-yil 4-avgust kuni 1-9-6/536-sonli buyrug‘i qabul qilindi. Mazkur buyruq asosida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 28-iyuldagi 670-sonli buyrug‘ining ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasi huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy Nizom” ijro uchun qabul qilindi. Ushbu namunaviy Nizom asosida “Toshkent davlat agrar universiteti huzurida jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” ishlab chiqilgan edi. Ushbu nizom asosida  2018-yil 29-avgust kuni kengaytirilgan navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ilmiy kengashni ochib berish uchun Universitetimiz rektori, akademik B.A.Sulaymonov so‘zga chiqdi,  avvalo qatnashchilarni O‘zbekiston Respblikasi Mustaqilligining 27 yilligi bayrami bilan barchani qutladi va uni universitet jamoasida nishonlash to‘g‘risidagi masalaga to‘xtalib o‘tdi;

Ilmiy kengashda 2018-2019 o‘quv yilida amalga oshirilish zarur bo‘lgan masalalar o‘rganib chiqildi;                                                    

-Fakultetlarda o‘quv ishlarini tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar talablari asosida amalga oshirilishi, akademik guruhlarini shakllantirilishi, o‘quv jarayoniga tegishli mashg‘ulotlar jadvallari sifati to‘g‘risida 

-Dekanat va kafedralarda o‘quv yuklamalarining me‘yoriy talablar asosida, oqilona taqsimot qilinishini, va dars soatlari taqsimotining to‘g‘ri hisoblanishi to‘g‘risida

-Ma’naviy-ma’rifiy masalalar  bo‘yicha tadbirlar rejasini o‘rganish, tahlil qilish va bu tadbirlarning o‘tkazilishi kabi masalalar  o‘rganildi.