Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

2017 yilda universitet talabgorlaridan jami 13 kishi muvaffaqiyatli himoya qilgan, shundan 4 nafar fan doktori (DSc) va 9 qishloq xo‘jaligi falsafa doktori ilmiy darajasini olgan.
2018 yilning sentyabr oyi holati bo‘yicha universitet tadqiqotchilaridan 16 nafari (12ta-PhD, 4-DSc) muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2018 yil yakunigacha yana 4 kishi himoyaga chiqishi kutilmoqda. Hozirgi kunda universitetda 19 ta ixtisosliklar bo‘yicha jami 91 nafar, jumladan, 28 nafar tayanch doktorant, 6 nafar doktorant hamda 57 nafar mustaqil izlanuvchilik asosida tayanch doktorant va doktorant ilmiy tadqiqotlarini olib borishmoqda.

Universitetda Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jaligi instituti xuzuridagi qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.27.06.2017.Qx.13.01 raqamli qishloq xo‘jalik fanlari doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi ilmiy kengash va ilmiy seminar faoliyat yuritmoqda. Mazkur Kengashda 2017 yil mobaynida 21 nafar ilmiy tadqiqotchilar dissertatsiya ishlarini himoya qilishdi. 2018 yilning sentyabr holati bo‘yicha jami 31 nafar tadqiqotchi kengashda himoyadan o‘tgan.

Toshkent davlat agrar universitetida yangi “Ixtiologiya”, “Gidrobiologiya” va “Baliqchilik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash texnologiyasi” ixtisosliklari bo‘yicha 2018 yildan boshlab oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim institutiga qabul amalga oshirilmoqda. Shu kunga kelib shu yo‘nalishlarda 4 nafar mustaqil izlanuvchi tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.