Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

qishloq xo‘jaligida innovatsion resurstejamkor texnika va texnologiyalarni qo‘llash, intensiv agrotexnologiyalarni joriy qilish, qishloq xo‘jaligi ekinlarida hosildorlikni oshirish, ularning selektsiyasi va urug‘chiligini tashkil etish, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, dastlabki qayta ishlash, standartlashtirish, sertifikatlash, dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, o‘rmonchilik, baliqchilik bo‘yicha yangi va zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan yuksak malakali kadrlar tayyorlash;
o‘quv-laboratoriya bazasini modernizatsiyalash, o‘quv rejasi va fan dasturlarida soha bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, yuqori unumli va resurstejamkor ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha bilimlarni aks ettirish, o‘quv jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash orqali oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish;
sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalarga oid bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirishni hisobga olgan holda talabalarni o‘qitishning ilg‘or usullarini ishlab chiqish va o‘quv jarayoniga joriy etish;
professor-o‘qituvchilarning kasbiy bilimi, pedagogik mahorati va ilmiy salohiyatini muntazam ravishda oshirish, xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning malakasini oshirish va stajirovkalarini tashkil etishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
fan, ta’lim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash orqali manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etish, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy-texnik vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan amaliy va innovatsion izlanishlarni amalga oshirish;
agrar soha uchun kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yaratish, universitetga biriktirilgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ta’lim dasturlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ularda sifatli ta’lim berilishini tashkil etish;
oliy ta’lim muassasasini bitirayotgan kadrlarni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish, ularning kasbiy faoliyati monitoringini tizimli tashkil etish.