Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

Yer resurslaridan ratsional foydalanish va muhofaza qilishning tuproq unumdorligini oshirish va tiklanishini ta’minlovchi texnologiya va texnik vositalar tizimini yaratish.
Tuproq sho‘rlanishi, eroziyalanishi va ifloslanishiga qarshi kurashning ilm hajmdor, yuqori samarali texnologiya va texnik vositalarini yaratish.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishning yangi resurstejamkor, ekologik xavfsiz agrotexnologiyalari va texnik vositalarini ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish.
O‘rmon xo‘jaligini barqaror rivojlantirish, tog‘ va cho‘l xududlari o‘rmon ekotizimini tiklash, qishloq xo‘jalik yerlarini meliorativ yaxshilash, yog‘och va noyog‘och mahsulotlar olishning alternativ usullari, texnologiya va texnik vositalarini, dekorativ bog‘dorchilikni rivojlan-tirishning ilmiy metodlarini ishlab chiqish.
Qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishitirish uchun resurstejamkor va yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan traktorlar va qishloq xo‘jalik mashinalarini yaratish.
Agrosanoat kompleksi (ASK)da agroresurs zaxiralaridan unumli foydalanish asosida ishlab chiqarish-iqtisodiy munosabatlar shakllan-tirishning ilmiy-amaliy asoslarini takomillashtirish.
Agromaxsulot bozorini o‘sishining, servis xizmatlarining tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy asoslarini takomillashtirish, tarmoqlar-ning eksport potentsialini va raqobatbardoshligini oshirish, erkin bozor sharoitida turg‘un ekologik muvozanatni ta’minlash
Qishloq xo‘jalik ekinlarining zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlariga qarshi kurashuvchi mavjud ekologik xavfsiz tizimlar, texnologiyalar va texnik vositalarni takomillashtirish va yangilarini ishlab chiqish
Farmatsevtika sanoatida dorivor o‘simliklar xom ashyosini ko‘paytirish va ular tarkibidagi ekologik toza biologik faol moddalarning saqlanishini oshirish maqsadida noyob dorivor o‘simliklarni yetishtirish-ning resurstejamkor, yuqori unumli texnologiyalarini ishlab chiqish.
O‘simliklar va ularning yovvoyi avlodlari xalqaro genofondining tarkibini va genetik barqarorligi saqlanishini hozirgi va kelajak selektsiyasi uchun selektsionerlar va ishlab chiqarish talablarini hisobga olgan holda kompleks o‘rganish. Respublikadagi o‘simliklar genofondi haqida kompyuter ma’lumotlar bazasini shakllantirish. Qishloq xo‘jalik ekinlarining rayonlashtirilgan va perspektiv navlarining birlamchi urug‘chiligi.
Respublikamiz turli yer-iqlim sharoitlariga moslashuvchan, tolasining sifati jaxon talablariga javob beradigan, kasallik va zararkunandalarga kompleks chidamlilik xususiyatiga ega bo‘lgan, xalqaro genofonddan, selektsiyaning an’anaviy va noan’anaviy uslublaridan foydalangan holda, birlamchi urug‘chilik uslublarini takomillashtirish orqali paxtaning serhosil, ertapishar navlarini yaratish
Donli, boshoqli, dukkakli, sholi, makkajo‘xori, moyli, beda va boshqa ekinlarning yangi navlarini hamda duragaylarini yaratish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish.
Hosildorligi yuqori, kasallik va zararkunandalarga chidamli sabzavot, ildizmevali ekinlar, meva, uzum va kartoshkaning yaxshi ta’mligi, texnologikligi jixatidan sifatli navlari va F1 gibridlari selektsiyasi, import o‘rnini bosuvchi va eksportbob maxsulotlarni ishlab chiqaruvchi resurstejamkor texnologiyalarni ishlab chiqish.
Xayvonlar, qushlar, baliqlar va ipak qurtlarining sermahsul zotlari yaratish, ularning maxsulotlarini eksportga yo‘naltirilan darajada qayta ishlaydigan samarali ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqish.
Yuqori samarali selektsiya-genetik va biotexnologik boshqaruv usullarini ishlab chiqish, cho‘l-yaylov xayvonlari (qorako‘lchilik, tuyachilik, echkichilik) genofondini saqlash, ozuqa ishlab chiqarishning maxsuldorligini oshirish maqsadida ozuqabop ekinlarning perspektiv navlarini yaratish.
Biotexnologiya, immunologiya, xujayralar kulturasi, gen muhandisligi zamonaviy usullarini qo‘llash orqali xayvonlarning yuqumli, bakterial va parazit etiologiyali kasalliklarini uyg‘otuvchilarini selektsiyalash va madaniylashtirish. Hayvonlar, qushlar va baliqlar kasalliklarini diagnostika qilish va ularga qarshi kurashishning ekologik xavfsiz usullari va vositalarini hamda import o‘rnini bosuvchi veterinariya preparatlarini ishlab chiqish.