Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

 

Markaz direktori:  Mamatqulov Abdurashid Vaxidovich

Tel: (8-371) 260-48-70

Email: tdau_tm@bimm.uz

 

Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 278-son qarori asosida tashkil etilgan.

      Tarmoq markazining maqsadi – qishloq ho’jaligi, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagog kadrlari va ishlab chiqarish ta’lim ustalarini malakasini oshirish jarayonlari sifatini takomillashtirish, ularning bilimi va kasbiy mahoratini aniq yo‘nalishlar bo‘yicha iqtisodiyot sohalarining tezkor rivojlanib borishiga uyg‘unlashtirish, tarmoqdagi innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga joriy qilish, tegishli sohalar bo‘yicha yangi texnika va texnologiyalarni pedagog kadrlar tomonidan o‘zlashtirishlariga ko‘maklashishdan iborat.

          TDAU huzuridagi PKQTMO tarmoq markazida oliy ta’lim muassasalarining professor-o’qituvchilari uchun qishloq ho’jaligi, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohalarining 14 ta yonalishi bo’yicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagog kadrlari va ishlab chiqarish ta’lim ustalarini uchun 2 ta yo’nalishda malaka oshirish kurslari faoliyat ko'rsatadi.

Sobirova Ozoda

Bosh xisobchi

Tel.: (8-371) 260-46-81

E-mail: tdau_tm@bimm.uz

 

 

  

Oripov Otabek Oripovich

Bo'lim boshlig'i

Tel.: (8-371) 260-46-81

E-mail: o.o.oripov@mail.ru