Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

 

Bo‘limi boshlig‘i: Rajabov Nazrulla O‘rolovich

Telefon: (71) 260-43-94

 E-mail: rajabovn7784@gmail.com

 Qabul kuni: Chorshanbi-Juma (14:00 16:00)

 

     Magistratura bo‘limining maqsadi O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va “Magistratura to‘g‘risida Nizom” talablariga muvofiq universitetda O‘quv-uslubiy boshqarmasi va mutaxassislik kafedralari bilan hamkorlikda magistratura o‘quv jarayonini tashkil etish va sifatini yaxshilash, ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni va o‘quv-uslubiy manbalar (darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruzalar matnlari va boshqa materiallar) bilan ta’minlanishini yaxshilash, keng tatbiq etish, talabalar bilimini nazorat qilish, reyting tizimini qo‘llashni takomillashtirish va o‘quv-uslubiy ishlarni muvofiqlashtirishdan iborat.

Magistratura bo‘limining vazifalari quyidagilardan iborat:

- O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim Davlat ta’lim standartlari, namunaviy o‘quv rejalari va dasturlari asosida O‘quv-uslubiy boshqarmasi va mutaxassislik kafedralari bilan hamkorlikda universitetda mavjud magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, o‘quv-uslubiy ishlarni tashkil etish va takomillashtirish;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va universitetning magistratura o‘quv jarayonini tashkil etish va sifatini yaxshilashga doir qarorlari va buyruqlarining o‘quv jarayoniga tatbiq etilishini ta’minlash;
- universitet kafedralari tomonidan magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq, ishchi o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqilishini va o‘quv jarayoniga tatbiq etilishini nazorat qilish;
- universitetda mavjud magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish va unga doir barcha hujjatlar (o‘quv mashg‘ulotlari jadvali, ta’lim jarayoni jadvali, o‘quv auditoriyalari jadvali va h.k.)ni O‘quv-uslubiy boshqarmasi bilan birgalikda tayyorlash;
- magistratura o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish va uni takomillashtirish, sifatini yaxshilashga oid ilmiy - uslubiy ishlarni amalga oshirilishini nazorat qilishda ishtirok etish;
- o‘quv jarayonining uslubiy ta’minotini yaxshilash, kafedralar tomonidan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ma’ruza matnlari, amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tish uchun uslubiy qo‘llanmalar tayyorlanishini, tayanch oliy o‘quv yurtlarida mavjudlaridan foydalanishni tashkil etish va nazorat qilish; - kafedralardagi texnik jihozlarning ishini nazorat qilib borish.

Toshkent davlat agrar universitetida mavjud magistratura ta‘lim yo‘nalishlari

  • 5A410101-Agrotuproqshunoslik va agrofizika (sohalar bo‘yicha)
  • 5A410102-Agrokimyo
  • 5A410201-Agronomiya
  • 5A410202-O‘simlikshunoslik (ekinlar guruhlari bo‘yicha)
  • 5A410203-Dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi
  • 5A410301-O‘simliklarni himoyasi (usullar bo‘yicha)
  • 5A41030201-Entomologiya
  • 5A410303-Fitopotologiya
  • 5A410401-Seleksiya va urug‘chilik (ekinlar guruhlari bo‘yicha)
  • 5A410501-Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)
  • 5A410601-Parrandachilik
  • 5A410603-Qishlq xo‘jalik hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish va ularning selektsiyasi (hayvonlarning turlari bo‘yicha)
  • 5A410801-O‘rmonchilik
  • 5A410901-Ipakchilik
  • 5A411001-Sabzavotchilik va polizchilik
  • 5A411002-Mevachilik
  • 5A411003-Uzumchilik va uzumni dastlabki qayta ishlash
  • 5A411004-Kartoshkachilik
  • 5A411201-Aholi yashash joylarini kо‘kalamzorlashtirish va landshaftli dizayn
  • 5A411202-Manzarali bog‘dorchilik
  • 5A411301-O‘simliklar va qishloq xo‘jalik maxsulotlari karantini
  • 5A411005-Meva-sabzovotchilikda biotexnologiya
  • 5A420101-Qishloq xo‘jaligida menejment 
  • 5A411701-Himoyalangan yer meva       
  • 5A411902-Tutchilik
  • 5A411606-Baliqchilik