Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

    Bo‘lim boshlig‘i: Berdibayev Erkaboy Yuldashevich

   Qabul kuni: Chorshanbi-Juma (14:00 16:00)

   Telefon: (71) 260-48-65

   Email: agrar2000@mail.ru

 

 

      Toshkent davlat agrar universiteti «Ichki nazorat va monitoring» bo‘limi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o‘quv-ta’lim jarayonida me’yoriy hujjatlar va uslubiy ko‘rsatmalarning ijro etilishini, shuningdek, universitet bo‘yicha buyruqlar va qarorlarning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan. «Ichki nazorat va monitoring» bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2001-yil 29-avgust 207-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim ichki inspeksiya va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning monitoringi»ni amalga oshirish to‘g‘risidagi Nizom, TDAU Ustavi va bo‘lim Nizomiga muvofiq amalga oshiradi. Bo‘lim universitetda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga tadbiq etish monitoringini amalga oshiradi, o‘quv, o‘quv-uslubiy, ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot, ijro etish intizomi, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hay’at va ilmiy kengash qarorlari, vazirlik, agentlik va universitet bo‘yicha buyruqlarning hamda ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi. Ichki nazorat va monitoring bo‘limi o‘z faoliyatida bevosita rektorga bo‘ysunadi.

Ichki nazorat va monitoring bo‘limining asosiy vazifalari:

  • universitetda O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonunlari, vazirlikning Hay’at qarori, buyruqlari va boshqa hujjatlarini, shuningdek universitet ichki buyruqlari va qarorlarining bajarilish monitoringini olib borish;
  • universitet professor-o‘qituvchilar va o‘quv-yordamchi hodimlar tarkibi ichki inspeksiyasini tashkil qilish va o‘tkazish;
  • kadrlar tayyorlash sifati va ta’lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik darajasiga nisbatan qo‘yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta’lim standartlariga va boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qilinish nazoratini va monitoringini olib borish;
  • universitetda ta’lim standartlarini joriy etish masalalari bo‘yicha filiallar, fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy blinmalarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;
  • universitetni boshqarish organlariga ta’lim jarayonini isloh qilish va takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash;
  • universitet bo‘yicha buyruqlar ijrosi nazoratini olib borish;
  • universitet va uning filiallarida o‘quv jarayonini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha bo‘linmalarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;
  • professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarining tadbiq etilishini amalga oshirishda ishtirok etish.
  • kamchiliklar va muammolarni bartaraf va xal qilish bo‘yicha aniq takliflarni universitet rahbariyatiga taqdim etish.
  • universitet va unga tegishli ta’lim muassasalarida (filiallar, litseylar va boshqalar) ta’lim standartlariga hamda ta’limga oid me’yoriy hujjatlarga amal qilinishini tekshirish;
  • universitetda va unga tegishli ta’lim muassasalarida bo‘ladigan barcha turdagi kengash ishlarida ishtirok etish;
  • o‘quv yurti faoliyati bo‘yicha filiallar, fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalardan o‘z hizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli hujjatlarni talab qilish va masalaga oid mutaxassislarni jalb qilish;
  • kurs loyihasi (ishlari)ni, bitiruv malakaviy ishlarni hamda magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish, davlat atestatsiyalarining o‘tkazilishini hamda barcha turdagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni ko‘rib chiqish;
  • o‘z huquqi doirasidagi masalalarni joylarda o‘rganish uchun belgilangan tartibda universitetning malakaviy professor-o‘qituvchilari va xodimlarni jalb qilgan holda guruhlar tuzish.