Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

Toshkent davlat agrar universiteti hududida 5 ta talabalar turar joylari, 1 kir yuvish binosi, 3 ta ovqatlanish kafelari, 1 ta Sport kompleksi, 1 ta Axborot resurs markazi va 1 ta Yoshlar markazi binosi ish faoliyat yuritib kelmoqda.
7-sonli talabalar turar joyi, 248 ta, 12-sonli talabalar turar joyi, 400 ta, 13-sonli talabalar turar joyi, 310 ta, 14-sonli talabalar turar joyi, 310 ta va 15-sonli talabalar turar joyi, 480 ta, jami 1748 ta talabalarni qabul qilish sig‘im quvvatiga ega.
Talabalrning yaxshi o‘qishi, maroqli dam olishi uchun universitet tomonidan talabalr turar joylari 2014-2016 yillarda qayta to‘liq ta‘mirdan chiqarilgan. Har bir talabalar turar joylari seksiyali bo‘lib, 13 va 14-sonli talabalar turar joylarida 4 nafardan, qolgan 7, 12 hamda 15--sonli talabalar turar joyilarda 5 nafardan talabalar istiqomat qilishadi. Talabalarga yaratilgan sharoitlarga keladigan bo‘lsak, har bir talabalar turar joylarida ma‘naviyat xonalari, kutubxonalar, sport zallari va dam olish xonalari tashkil etib qo‘yilgan. Manaviyat xonalarida 4 turdagi siyosiy gazetalar va 2 turdagi qishloq xo‘jaligiga oid jurnallar bilan ta‘minlangan. Qolaversa, Axborot resurs markazida internet tizimi to‘liq joriy qilingan va zamon talablariga to‘liq javob beradigan kompьyuter jihozlari bilan ta‘minlangan. Yoshlar markazi binosida esa ingliz tili kurslari, psixologik yordam ko‘rsatish shtatlari tashkil qilingan hamda 5000 ta hajmli kutubxona filiali va kosibchilik hamda tikuvchilik tugaraklari joylashgan. Bunda har bir talaba o‘zlariga kerak bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishi mumkin.
Bundan tashqari har juma kunida talabalarning maroqli dam olishi uchun Juma oqshomini o‘tkazish 2017-2018 o‘quv yilining ikkinchi yarmidan yo‘lga qo‘yilgan.