Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

Toshkent davlat agrar universiteti 1930 yil 26 mayda Markaziy Osiyo qishloq xo‘jaligi instituti negizida tashkil etilgan. Keyinchalik, 1934 yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti, 1991 yil oktyabr oyidan esa Toshkent davlat agrar universiteti maqomiga ega bo‘ldi.

Bugungi kunda, Toshkent davlat agrar universiteti qishloq xo‘jaligi fanlarini takomillashtirish va rivojlantirish shuningdek, agrar sohaning kelajagi va muammolarini hal etish uchun poydevor universitet xisoblanadi.

Bakalavriatning 29 ta, magistraturaning 23 ta, nomzodlik dasturlari bo‘yicha 19 ta mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaniladi. Hozirgi kunga qadar universitetni 78 ming nafar malakali mutaxassislar tamomladilar va ularning 2,5 mindan ortig‘i magistrlardir.

Toshkent davlat agrar universiteti o‘zining zamonaviy infratuzilmasi orqali qishloq xo‘jaligi sektorini borqaror rivojlantirish uchun qishloq xo‘jaligi sohasi amaliyotida va amaliy tadqiqodlar o‘tkazishda fundamental maskan xisoblanadi.

Hozirgi kunda, universitetning professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari o‘zlarining kasbiy bilimlarini, malakasini va ijodiy ishlari mamlakatning innovatsion iqtisodiyotining rivoji xizmat qilmoqda.

Rektor
Akademik B.A.Sulaymonov

 Universitet broshyurasi