Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

   Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks ishlar bajarilmoqda, jumladan dissertatsiya ishlarini tayyorlab himoyaga chiquvchi o‘qituvchi va tadqiqotchi-izlanuvchilar bilan suhbat, konkret individual yordam ko‘rsatish tadbirlarini belgilash; ajratilgan kvota asosida doktoranturaga qabulni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish va bu tadbirga iqtidorli yoshlarni jalb etish, kafedralar kesimida o‘qituvchilarning dissertatsiya ishlarini bajarishlari bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Yuqorida e’tirof etilgan ishlarni samarali amalga oshirishni universitetning ilmiy maktab yaratuvchi yetakchi olimlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashda oxirgi uch yil ichida universitetda asosiy shtatda faoliyat yuritayotgan X.Kimsanboyev, X.Atabayeva, R.Tillyayev, B.Xasanov, X.Buriyev, M.Zuparov va boshqalarni misol sifatida ko‘rsatish mumkin.

   O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 10- sentyabrdagi "Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 2018-son buyrug‘i -ko‘rish/ko‘chirsh