Tashkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

January 14 is Defender of the Fatherland Day!

12.01.2022 00:00

                                                           January 14 is Defender of the Fatherland Day!

OʼGʼLON


Olov oʼgʼlon, alanga oʼgʼlon,
Dovruq solgan har yonga oʼgʼlon.
Koʼzlaringda yurt ishqin koʼrdim,
Oʼxshayursan Vatanga oʼgʼlon.

Er Tunganing tugʼi sendadir,
Sohibqiron mulkingda amir.
Keng dashtlarning sarhadlarida
Bahodirlik jon va tandadir.

Urho, bosqin, qilich jarangi
Botirlarning muqaddas jangi.
Yogʼiylarga titroq soladi
Hilpiragan yaloving rangi.

Dostoningni bitgan Xos Xojib,
Qoshgʼariyda tiling bir ajib.
Yigit aytar, soʼzidir qasam,
Er yigitning qasami vojib.

Yurt sarhadi gullab-yashnaydi,
Yurt koriga mard umri shaydir.
Oʼgʼlonlari yovga tik boqqan
Yuragi bor millat yashaydi.

Zafar Xudoyorov,
“QXM va А” kafedrasi dotsenti