Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

Abiturientlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

23.09.2021 00:00

Abiturientlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

Аbiturientlarga tabaqalashtirilgan toʼlov-shartnomalarini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi

Xabar berganimizdek, 1 oktyabr davlat OTMga tabaqalashtirilgan toʼlov-shartnoma asosida oʼqishga qabul qilish boʼyicha ariza topshirishning soʼnggi muddati etib belgilangan edi.

Joriy oʼquv yilida talabalikka tavsiya etilmagan, biroq tabaqalashtirilgan (super) toʼlov-shartnoma asosida oʼqish istagini bildirgan abiturientlar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida onlayn shaklda ariza qoldirish hamda tabaqalashtirilgan toʼlov-shartnomalarni onlayn olish imkonini beruvchi https://t-kontrakt.edu.uz  axborot tizimi ishga tushirildi.  

Ushbu tizim:

-ortiqcha ovoragarchilik va suiisteʼmolchiliklarning oldini olish;

-jarayonlarning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash;

-elektron arizalarni avtomatik shakllantirish;

-toʼlov-shartnomalarni avtomatik rasmiylashtirish imkonini beradi.

Endi abiturientlar oliy taʼlim muassasasiga ovora boʼlib, borib oʼtirishlari shart emas. Tizim yordamida ularning maʼlumotlari va toʼplagan bali Davlat test markazi bazasidan toʼgʼridan-toʼgʼri olinib, elektron koʼrinishdagi ariza asosida elektron toʼlov-shartnoma avtomatik rasmiylashtiriladi.