Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

Ayol fermerlarning bilim va tajribalarini oshirish bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

26.04.2019 00:00

Ayol fermerlarning bilim va tajribalarini oshirish bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 25 aprel kuni Toshkent davlat agrar universitetida “Qishloq xo‘jaligi va agrobiznes sohasida ayol fermerlarning bilim va tajribalarini yaxshilash hamda xududiy universitetlar tizimida tashkil etilgan markazlar xamkorligini kengaytirish” loyihasi doirasida “Ayol fermerlarning bilim va tajribalarini oshirish” bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminar-trening ochilishida Toshkent davlat agrar universiteti rektori, akademik Botirjon Sulaymonov, O‘zbekiston fermer, dexqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi rais o‘rinbosari Faxriddin Kushanov, hamda CACAARI/ICARDA halqaro tashkiloti vakili Alisher Tashmatov so‘zga chiqishdi.

Ushbu tadbir Toshkent davlat agrar universiteti, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi, O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi hamda Markaziy Osiyo va Kavkaz qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot muassasalari assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.

Seminar-treningning maqsadi  ayol fermer, dexqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga qishloq xo‘jaligida innovatsion, resurstejamkor texnologiyalar bilan tanishtirish.

Seminar-trening uchun Markaziy Osiyo va Kavkaz qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot muassasalari assotsiatsiyasi vakillari, universitet olimlari, O‘zbekiston fermer, dexqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi mutaxassislari hamda AQShni O‘zbekistondagi elchixonasining kichik grantlar dasturi moliyaviy yordamida “Fermer xo‘jaliklarida paxtachilikni rivojlantirishning innovatsion agrotexnologiyalari” hamda “O‘zbekistonda donli ekinlar yetishtirishning innovatsion taxnologiyalari va istiqbollari” nomli o‘quv uslubiy qo‘llanmalar tayyorlangan bo‘lib, ular kelgusidagi faoliyatlari uchun muhim dastur bo‘lib xizmat kiladi.

Shuningdek tadbirda “O‘zbekistonda donli ekinlar yetishtirishning innovatsion texnologiyalari va istiqbollari” va “Fermer xo‘jaliklarida paxtachilikni rivojlantirishning innovatsion agrotexnologiyalari” mavzularidagi taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.

Bundan tashqari universitetda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari bilan tanishtirish maqsadida ToshDAU “Qishloq xo‘jaligida innovatsion ishlanmalar va maslahat markazi”ga tashrif buyurildi. U yerda intensiv bog‘lar, g‘alla tajriba dalasi, gidroponika issikxonasi hamda  baliq markazida olib borilayotgan innovatsion texnologiyalaridan yaqindan tanishdilar.

Tadbirda 30 nafar Sirdaryo viloyatining ayol fermer, dexqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari, universitet professor-o‘qituvchilari, talaba va magistrantlar  qatnashdilar.