Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

“Baliqchilik ilmiy markazi” tashkil etildi

05.07.2019 00:00

“Baliqchilik ilmiy markazi” tashkil etildi

Bugun Toshkent davlat agrar universitetning Qishloq xo‘jaligida innovatsion ishlanmalar va maslahat markazi hududida Xitoy Xalq Respublikasining “Shuntong Agriculture Company” kompaniyasi hamda Ipoteka ATB bilan hamkorlikda qiymati 300,0 ming dollarga teng baliqlarni kupaytirish, urchitish bo‘yicha zamonaviy texnika va texnologiyalar asosida “Baliqchilik ilmiy markazi”ning ochilish marosimi o‘tkazildi.

photo_2019-07-06_18-36-43.jpg

“Baliqchilik ilmiy markazi”ning xududi 2,0 gektarni tashkil etib, shundan 1,2 gektari ochiq suv havzasi bo‘lib, unda baliqning sazan, laqqa, farel, oqamur, tolstolob turlari boqilmoqda.
Markazning ochilish marosimiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, ATB Ipoteka bank, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi xodimlari va mutaxassislari, baliqchilik xo‘jaliklari rahbarlari, universitet professor-o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etishdi.

photo_2019-07-06_18-36-44.jpg

Markazda ilmiy-pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, talabalarning malakaviy amaliyotlarini o‘tkazish, Gidrobiologiya, Ixtiologiya ixtisosliklari hamda Baliqchilik magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, servis xizmatini ko‘rsatish, baliqchilik xo‘jaliklari mutaxassislarini malakasini oshirish, buyurtmachilarga baliq chavoqlarini yetkazib berish, tovar baliq yetishtirish asosiy maqsad etib belgilangan.

photo_2019-07-06_18-36-44 (2).jpg

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasining Astraxan davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda joriy etilgan qo‘shma ta’lim dasturi doirasida “Suv bioresurslari va akvakultura” bakalarviat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib borish rejalashtirilgan.