Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

“Bioiqtisodiyot” bo‘yicha ilk bor tashkil etilgan magistraturaga o‘qishga taklif qilamiz

04.08.2022 00:00

“Bioiqtisodiyot” bo‘yicha ilk bor tashkil etilgan magistraturaga o‘qishga taklif qilamiz

  Erasmus+ dasturi asosida Finlandiyaning Yuviskalye tabiiy fanlar universiteti, Latviya hayotiy bilimlar va texnologiyalar universiteti va Litvaning Vitautas Magnus universitetlari bilan hamkorlikda 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab yo‘lga qo‘yilgan magistraturaga qabul boshlandi.

Magistratura o‘quv rejasi YEI va O‘zbekiston hamkor OTMlari hamkorligida ishlab chiqildi. Talabgorlar magistratura dasturiga “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Buxoro davlat universiteti hamda Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiallarida oʼqishga xujjatlarni topshirishlari mumkin.

  Ushbu magistratura dasturi boshqa dasturlardan farqi shundaki, darslar Yevropalik va O‘zbekistonlik hamkor universitetlar vakillari tomonidan oʼtiladi. Magistrlar uchun maxsus jihozlangan xonalarda darslar tashkil etiladi hamda 4 OTM vakillari akademik mobillik asosida 1 semestr ToshDАU, 2 semerstr TIQXXMI MTU va 3 semestr ToshDАU Samarqand filialida va yakuniy semestrni oʼqishga kirgan OTM da o‘tkazishadi.

Shuningdek, o‘qish mobaynida 1 oylik yozgi o‘quv mashg‘ulotlari Latviya va Litva davlatlarida tashkil etiladi.

O‘qish yakunida doktoranturada yuqorida zikr etilgan universitetlarda davom ettirish imkoniyati ham mavjud.

magistr.edu.uz onlayn platformasi orqali hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin!

O‘qish uchun topshiriladigan hujjatlar:

  • Bakalavriat diplomi va ilovasi
    Ingliz tili bilish darajasi (B2, IELTS 5.5 yoki undan yuqori)
    Pasport kopiyasi
    6 dona 3.5*4.5 sm oʼlchamdagi rasm

Keling, o‘rganing va kelajagingizni biz bilan yarating!

Qo‘shimcha maʼlumotlarni loyiha vebsaytida olishingiz mumkin!

bioecuz.tdau.uz