Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

Bugun Toshkent davlat agrar universitetida ilmiy izlanish olib borayotgan stajyorlar, tayanch doktorontlar va doktorantlar, ya’ni uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi.

06.10.2021 00:00

Bugun Toshkent davlat agrar universitetida ilmiy izlanish olib borayotgan stajyorlar, tayanch doktorontlar va doktorantlar, ya’ni uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi.

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.S.Sultonov stajyorlar, tayanch doktorantlar va doktorantlar qabul kvotasini oshirilganligi hamda ilmiy tadqiqotchilar faoliyati monitoringi to‘g‘risida ma’ruza qildi.

Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik kafedrasi professori X.Ch.Bo‘riyev dissertatsiya himoyasi bo‘yicha talablar mavzusida va O‘zbekiston Innovatsion ta’limini rivojlantirish assosatsiyasi direktori, Oliy majlis granti sohibi Shoxrux Yerjanov Ilmni tijoratlashtirish, loyihalar va startaplar bo‘yicha ma’lumotlar berdi.

Uchrashuv davomida ilmiy tadqiqotchilar ilmiy ishlariga tegishli ma’lumotlar hamda universitetimizda bo‘layotgan yangiliklar haqida ma’lumotlar oldi. Shuningdek, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi.