Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiantlari Rossiya davlat agrar universitetida

19.10.2019 00:00

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiantlari Rossiya davlat agrar universitetida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasining dasturlari bo‘yicha kadrlarni o‘qitishni tashkil etishni yanada takomillashtirish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining 1-stipendiyasi tanlovda muvofaqiyatli ishtirok etgan 2 nafar doktorantura dasturi, 7 nafar malaka oshirish dasturi hamda 9 nafar stajirovka o‘tash dasturlari bo‘yicha, jami 18 nafar pedagog xodimlarimiz stipendiantlik sertifikatlari olishgan edi.

Ushbu stipendiantlarning dastlabki 5 nafari Rossiyaning K.A.Timiryazev nomidagi Rossiya davlat agrar universitetida stajirovka va malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqdalar.

Ma’lumot uchun: Rossiya davlat agrar universitetida stajirovka va malaka oshirish kurslarida ishtirok etayotgan pedagoglarimiz. Soxibova Nigora Sadritdinovna, Mavlonova Nasiba Umarovna, Tashpulatova Feruza Shuxratovna, Axmedov Tulkunbek Xaydarovich, Umarov Rustam Akromaliyevich

Stipendiantlarimiz stajirovka o‘tab va malaka oshirib, mamlakatimiz ilim-fanini rivojlantirishga o‘z xissalarini qo‘shishadi degan umiddamiz.