Tashkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

“Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy konferentsiya bo‘lib o‘tdi.

13.06.2018 00:00

“Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy konferentsiya bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda Respublika aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta‘minlash maqsadida mahsulot yetishtirish hajmi va turlarini ko‘paytirish shuningdek, qishloq aholisini daromadlari va turmush darajasini yuksaltirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 dekabr-dagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” bayram tadbirda belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, qishloq xo‘jaligining mavjud imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish, sohada iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ilm-fan yutuqlari va innovatsion yangiliklarni tizimli joriy etish va oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3432-sonli qaror bilan tasdiqlangan Dasturning 15-bandi (“...Meva-sabzavot yetishtirishni yanada ko‘paytirish, uni sifatli tarzda aholiga yetkazish va eksport qilish” masalalari), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5388-sonli Farmonida belgilangan vazifalar yuzasidan respublikamiz qishloq xo‘jaligi sohasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda, soha olimlari tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Mavzuga oid turli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri akademiklar, professorlar, tajribali fermerlar va yosh fermerlar ishtirokida joriy yilning 25 may kuni Toshkent davlat agrar universitetida o‘tkazildi.
“Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini rivojlan-tirishning dolzarb masalalari” mavzusiga bag‘ishlangan mazkur ilmiy-amaliy konferentsiyada rivojlangan davlatlar tajribasi asosida bog‘lar va tokzorlarga ishlov beradigan, sabzavot va kartoshka urug‘larini ekadigan va yig‘ishtirib oladigan texnikalarga, fermer, dehqon xo‘jaliklariga yoqilg‘i-moylash mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar, urug‘lik yetkazib berish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh izlanuvchilarning taklif va tavsiyalarini amaliyotga joriy qilishga alohida e‘tibor qaratildi.

Фото Тошкента Давлат Аграр Университети.


Konferentsiyani kirish so‘zi bilan ochgan universitet rektori, akademik B.A.Sulaymonov respublikamizda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari, xususan, meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlari o‘zining har tomonlama tabiiy sharoitlarda o‘sganligi, mazaliligi bilan alohida ajralib turishi, Respublika aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta‘minlash maqsadida mahsulot yetishtirish hajmi va turlarini ko‘paytirish shuningdek, qishloq aholisining daromadlari va turmush darajasini yuksaltirishga alohida e‘tibor qaratilayotganligi haqida gapirdi. Bu boradagi ishlarni samarali tashkil etishda soha mutaxassislari tomonidan bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yanada kengroq tushuntirish, soha ilm-fan yutuqlari bilan xabardor qilish, ilg‘or texnologiyalar bilan tanishtirish, o‘zaro fikr va tajriba almashish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta‘kidlab o‘tdi.
Konferentsiya davomida ishtirokchilarga qishloq xo‘jaligi sohasiga oid ko‘rgazmalar namoyish etildi. Shuningdek, ularning ToshDAU qoshidagi “Qishloq xo‘jaligida innovatsion ishlanmalar va maslahatlar markazi”ga tashrifi uyushtirildi. U yerda ishtirokchilar universitet talabalari tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishdilar.

Фото Тошкента Давлат Аграр Университети.

Фото Тошкента Давлат Аграр Университети.

Фото Тошкента Давлат Аграр Университети.

Фото Тошкента Давлат Аграр Университети.

Фото Тошкента Давлат Аграр Университети.