Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

O‘zbekiston telekanalida "Xulosa o‘zingizdan" ko‘rsatuvida TDAU o‘qituvchi-rahbarlari ishtirok etishdi

05.05.2022 00:00

O‘zbekiston telekanalida

  O‘zbekiston telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etiladigan “Xulosa o‘zingizdan” tok-shousining mazkur sonini e’tiboringizga havola etamiz.

Ko‘rsatuv   “Qishloq xo‘jaligida loyihalarni amalga oshirish va taʼlim sifatini yaxshilash yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ko‘tarilgan masalalar va agrosanoatni raqamlashtirish borasidagi ishlar” mavzusiga bag‘ishlangan. O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligining quyidagi mutaxassislari ishtirok etishdi:

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish agrotexnologiyasi bosh boshqarma boshlig‘i Zafar Ortiqov.

TDAU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Sohib Islomov.

Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi Jahon Banki loyihasi rahbari Sunnatilla Rashidov.

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish boshqarmasi xodimi Mirkomil Berdiyev.

Unda O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi ekspertlari o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.