Tashkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

O‘zbekiston va Rossiya: ikki tomonlama diplom (double degree) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida o‘qish imkoniyati!

01.08.2019 00:00

O‘zbekiston va Rossiya: ikki tomonlama diplom (double degree) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida o‘qish imkoniyati!

Toshkent davlat agrar universiteti va Rossiya Federatsiyasining M.I.Vavilov nomidagi Saratov davlat agrar universiteti bilan hamkorlikda tashkil etiladigan ikki tomonlama tan olinadigan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga taklif etadi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda qatnashish uchun quyidagi xujjatlar taqdim etiladi:
- Ariza
- umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
- 086-U-shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
- pasport (pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma)ning nusxasi;
- 3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;

Shoshiling! Xujjatlar 2019 yil 1 avgustdan 10 avgustga qadar qabul qilinadi.

Magistratura mutaxassisliki bo‘yicha tanlovda qatnashish uchun quyidagi xujjatlar taqdim etiladi:
- Ariza
- oliy ma’lumot to‘g‘risidagi xujjatning asl nus'hasi hamda unga ilova;
- 086-U-shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
- pasport nusxasi;
- 3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
- xalqaro tan olingan chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL bo‘yicha kamida 72 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR bo‘yicha kamida V2) yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomnidan beriladigan Chet tilini bilishi darajasi haqidagi V2 yoki S1 darajasidagi sertifikat), agar mavjud bo‘lsa.

Shoshiling! Xujjatlar 2019 yil 1 avgustdan 10 avgustga qadar qabul qilinadi.