Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

Qishloq xo‘jaligi axborot-maslahat (ekstenshn) markazi ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

25.04.2019 00:00

Qishloq xo‘jaligi axborot-maslahat (ekstenshn) markazi ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

2019 yil 23 aprel kuni Samarqand viloyati, Samarqand tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 noyabrdagi “Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4020-sonli qaroriga asosan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi axborot-maslahat (ekstenshn) markazi ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish administratsiyasi O‘zbekistondagi KOPIA markazi direktori doktor An Xi Sung “Respublikaning barcha toifadagi chorvachilik xo‘jaliklarda qora mollarni oziqlantirishda Koreyaning texnologiyasini (TMR) joriy qilish” xalqaro loyihasini taqdimot qildilar.

To‘liq ma’lumot: www.agriculture.uz