Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

Qishloq xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish masalalari muhokama qilindi.

16.10.2021 00:00

Qishloq xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Joriy yilning oktyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida qishloq xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar holati muhokama etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikasiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i Olimjon Umarov, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbekkosmos” agentligi, shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ul rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etishdi.

Tadbirda sohani raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalari bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarning hozirgi holati, yaratilayotgan axborot tizimlarining maqsadlari va kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.


Tadbir yakunlari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi subyektlari uchun dolzarb xizmatlar va ma’lumotlarni raqamli texnologiyalar yordamida taqdim etish, bu borada jarayonlarning shaffofligini oshirish va inson omilini kamaytirish choralarini ko‘rish, idoralarning qishloq xo‘jaligiga oid ma’lumotlarini elektron almashinuvini yo‘lga qo‘yish, axborot va geoaxborot texnologiyalarini sohada qo‘llash bo‘yicha xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, Toshkent davlat agrar universitetida sohada axborot texnologiyalari va innovatsion yechimlar bo‘yicha istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmini ishlab chiqish, ta’limni ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘lash, shuningdek, ilmiy salohiyatni kuchaytirish yo‘nalishida tegishli tavsiya va vazifalar belgilab berildi.