Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

Qishloq xo‘jaligi vazirligida ishlashni xohlovchi Toshkent davlat agrar universiteti bitiruvchilari uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qilinadi

26.03.2021 00:00

Qishloq xo‘jaligi vazirligida ishlashni xohlovchi Toshkent davlat agrar universiteti bitiruvchilari uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda Vazirlik Markaziy apparatida mavjud bo‘sh lavozimlarni malakali va eng munosib nomzodlar bilan to‘ldirish maqsadida ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” vacancy.argos.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Qishloq xo‘jaligi vazirligida mavjud bo‘sh lavozimlardan birini tanlab, so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim.


Bo‘sh lavozimlar ro‘yxati

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Axborot xizmati