Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

Tdau da 6-7 oktabr kunlari xalqaro konferensiya o‘tkaziladi

04.10.2022 00:00

Tdau da 6-7 oktabr kunlari xalqaro konferensiya o‘tkaziladi

  2022 yil 6-7 oktabr kunlari Toshkent davlat agrar universiteti "Dehqonchilik va melioratsiya" kafedrasi tomonidan “Intensiv dehqonchilik tizimida tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, qishloq xo‘jalik ekinlaridan barqaror hosil olishdagi resurs tejovchi texnologiyalarining muammolari va yechimlari” mavzusida xalqaro konferensiyasi o‘tkaziladi.

Konferensiyaning yo‘nalishlari:

  • Intensiv dehqonchilik tizimida tuproq unumdorligini saqlash, oshirish va iqtisodiy samaradorligi;
  • Dehqonchilik tizimida resurstejamkor texnologiyalar asosida ilmiy tadqiqotlar, ta’lim, ishlab chiqarishga joriy qilish masalalari;
  • Qishloq xo‘jalik ekinlarni sug‘orishda suv tejovchi texnologiyalar hamda qishloq xo‘jaligi mashinalaridan foydalanish;
  • Respublika qishloq xo‘jaligida seleksiya va urug‘chilikdagi muammolar hamda uning yechimlari;
  • Ekinlardan barqaror hosil yetishtirishda oziqlantirishning samaradorligini  oshirish.

TASHKILIY QO‘MITA MANZILI:

TDAU Universitet ko‘chasi 2-uy,

Telefon: (97)703-22-80, (91) 165-11-33

E-mail: xoliq72@mail.ru