Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

Toshkent davlat agrar universiteti Amerika kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi

23.01.2023 00:00

Toshkent davlat agrar universiteti Amerika kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi

  Toshkent davlat agrar universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish” kafedrasi mudiri M.Djiyanov va kafedra professor-o‘qituvchilari Amerikaning John Deere kompaniyasining O‘zbekistondagi 1-raqamli rasmiy distribyutori “Landtech” MCHJ bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.

  Shartnomaga asosan kafedrada 2022-2023 o‘quv yilida yangi ochilgan Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash ta’lim yo‘nalishi talabalari kompaniyada ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tash, o‘quv seminarlar tashkil etish, o‘quv jarayonida foydalanish uchun qishloq xo‘jaligi texnikalarining maketlari taqdim qilindi hamda kafedrada John Deere kompaniyasining o‘quv xonasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.