Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

Toshkent davlat agrar universiteti Germaniya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda.

15.06.2019 00:00

Toshkent davlat agrar universiteti Germaniya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda.

2018 yil Toshkent davlat agrar universitetida Germaniyaning Leybnits nomidagi qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotini rivojolantirish instituti (IAMO) bilan hamkorlikda “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” qo‘shma kafedrasi tashkil qilingan edi. Hozirgi kunda bu kafedrada 3 nafar O‘zbekistonlik doktorantlar ta’xsil olmoqda. Doktorantlarga Germaniyaning IAMO, Xalle, Gissen va Xoenxaym universitetlari yetakchi professorlari universitetga kelib ta’lim bermoqda.

Ushbu xamkorlikni kengaytirish maqsadida Toshkent davlat agrar universitetiga 2019 yilning 13 iyun kuni IAMO direktori, professor Tomas Glauben boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ikkita ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari, jumladan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida organik mahsulotlarni sertifikatlash, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish kabi dolzarb yo‘nalishlarda yangi innovatsion loyiharni amalga oshirishga kelishib olindi.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilm-fani rivojlanishiga qo‘shgan ulkan xissasi inobatga olib professor Tomas Glaubenga universitet tomonidan Toshkent davlat agrar universiteti "Fahriy doktori" unvoni berildi.