Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

Toshkent davlat agrar universiteti psixologi S.Abdullayeva tomonidan “Sen bilan bir kun!” loyihasi doirasida uchrashuvlar davom etmoqda...

27.01.2023 00:00

Toshkent davlat agrar universiteti psixologi S.Abdullayeva tomonidan “Sen bilan bir kun!” loyihasi doirasida uchrashuvlar davom etmoqda...

  Joriy yilning 26-yanvar kuni Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida Qishloq xo‘jaligi vaziri A.B.Voitovning universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvdagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Ta’lim, taraqqiyot, tarbiya, kasbiy shakllanish va turmush qurish, o‘zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar munosabati va dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari” mavzusida ma’naviy-ijtimoiy, psixologik sog‘lom muhitni yaratishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi.

Mazkur Seminar-treningda Fakultet dekani A.Safarov, Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari E.Xoliqulov, kafedra mudirlari, professor-o'qituvchilar va ishchi-xodimlar ishtirok etdilar.