Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

Toshkent Davlat Agrar Universiteti qoshida "Yosh akademiklar" klubi ochiladi

13.01.2020 00:00

Toshkent Davlat Agrar Universiteti qoshida

2020 yil 13 yanvar kuni Toshkent davlat agrar universitetida Innovatsion rivojlanish vazirining o'rinbosarining Olimjon To'ychiev hamda "Yoshlar akademiyasi" rahbari Firdavs Nematzoda bilan qishloq xo'jaligini rivojlantirishga qiziqqan iqtidorli yoshlar, olimlar va fan doktorlari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriyalari, issiqxonalar, o’quv tajriba stansiyasi, universitetning xalqaro hamkorlikada amalga oshirayotgan ishlari va Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi Axborot-maslahat markazi “Extension center” faoliyati bilan yaqindan tanishdi, unda universitetda tahsil olayotgan talabalar, yosh olimlar ilmiy-ishlarining natijalari namoyish etildi.

So'ngra, “Extension center” majlislar zalida vazir o'rinbosari O.To'ychiev bilan universitet vakillari, olimlar va talabalari o’rtasida suhbat boshlandi. Suhbat davomida vazir o'rinbosari yig'ilganlarga "Yoshlar akademiyasi"ning asosiy faoliyati, shuningdek uning asoslari va ushbu tashkilot amalga oshiradigan asosiy vazifalari haqida gapirib berdi. Shuningdek, agrosanoatni rivojlantirish bilan bog'liq ko'plab masalalar muhokama qilindi, iqtidorli yoshlarning barcha takliflari tinglandi.

Uchrashuv yakunida bunday uchrashuvlarni doimiy ravishda o‘tkazishga qaror qilindi. O'z navbatida, O. To'ychiev Agrar universiteti talabalari orasida “Yoshlar akademiyasi” safiga qo'shiladigan guruh tuzishni taklif qildi hamda universitet qoshida "Yosh akademiklar" klubini ochish tog’risida kelishib olindi.