Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

Toshkent davlat agrar universiteti qoʼshma taʼlim dasturlari asosida xujjat topshirgan abiturientlar diqqatiga!

24.10.2020 00:00

Toshkent davlat agrar universiteti qoʼshma taʼlim dasturlari asosida xujjat topshirgan abiturientlar diqqatiga!

2020-yil  26-oktyabr soat 08:30 ga qadar Toshkent davlat agrar universiteti xududi 7-bino yoniga yetib kelishingiz, nazorat posti orqali abituriyent ruxsatnomasi va pasportingiz bilan xududga kirishingiz zarur. Shaxsi tasdiqlanmagan va kechikib kelgan abituriyent test sinovlariga qo‘yilmaydi.

Kunning birinchi yarmida soat 9:00 da yozma ish, tushlikdan so‘ng soat 14:30 da test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Abituriyent ruxsatnomasini abitur.tdau.uz saytidan yuklab olishingiz mumkin.

E s l a t m a
Mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga ruxsat berilmaydi. Test materiallarini boshqa abituriyentga uzatish, yordam berish hamda biri-biri bilan gaplashish, test materiallarini yirtish, hududdan tashqariga olib chiqish, test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugaganda test materiallarini topshirishdan bosh tortish sizni test sinovlaridan chetlatishga asos bo‘ladi.