Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

Toshkent davlat agrar universiteti rektori, akademik B.Sulaymonov Zangiota tumani 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchi yoshlar bilan uchrashdi.

01.06.2019 00:00

Toshkent davlat agrar universiteti rektori, akademik B.Sulaymonov Zangiota tumani 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchi yoshlar bilan uchrashdi.

    Toshkent davlat agrar universiteti rektori B.Sulaymonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining beshta tashabbusini yanada targ‘ib qilish maqsadida 28 may kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchi yoshlar bilan uchrashdi. Ushbu makatabda universitet rektori tomonidan o‘quvchi yoshlarni bilim olishga yanada qiziqtirish maqsadida turli kitoblar, kompyuter bilan jihozlangan “Akademik xonasi” tashkil qilindi. Shu bilan birga uchrashuvda o‘quvchilar orasida “Yosh kitobxon” tanlovi bo‘yicha 40 ga yaqin o‘quvchilar uch bosqichda saralanib, fahirli o‘rinni egallagan, ixtidorli, bilimga chanqoq o‘quvchilarga esdalik sovg‘alarini topshirdi. Shu o‘rinda o‘quvchilarda ta’limga bo‘lgan qiziqish yanada ortib, universiteti rektori, akadmik B.Sulaymonovga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishib, chuqur bilim olishga va vatanimizga chin dildan xizmat qilishga va’da berishdi.