Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

Toshkent davlat agrar universiteti va WSB (Polsha) universiteti qoʼshma taʼlim dasturi bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

08.09.2021 00:00

Toshkent davlat agrar universiteti va WSB (Polsha) universiteti qoʼshma taʼlim dasturi bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

"Kichik biznes va tadbirkorlikni tashkil etish" yo'nalishida 3 yil davomida tahsil olgan 21 nafar bakalavr va 2 nafar talaba mutaxassislik diplomiga ega bo'ldi.

Marosimda Toshkent davlat agrar universiteti va WSB (Polsha) universitetining rasmiy vakillari ishtirok etdi.

Ta'kidlash joizki, talabalar Qo'shma ta'lim dasturining ilk qaldirg'ochlari sanaladi. Tadbirda ikki universitet o'rtasida Qo'shma ta'lim dasturi bo'yicha yangi shartnomalar imzolandi.

Ayni paytda TDAU 80 dan ortiq xorijiy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatgan. 10 ga yaqin mamlakatlarning nufuzli universitetlari bilan Qo'shma ta'lim dasturini yo'lga qo'ygan.