Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

Toshkent davlat agrar universitetida 2019 yilning 27 aprel kuni Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tadi

17.04.2019 00:00

Toshkent davlat agrar universitetida 2019 yilning 27 aprel kuni Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 133-f-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasida 2019 yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy- texnik anjumanlar rejasi"ga muvofiq Toshkent davlat agrar universitetida 2019 yilning 27 aprel kuni «Agrar soha eksport salohiyatini oshirish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil qilish, ularga xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish: muammo va yechimlar» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etilmoqda.

Konferentsiya o‘z ishini quyidagi sho‘’balarga bo‘lingan holda olib boradi:
1-sho'ba. «Agrar soha eksport salohiyatini oshirish, qishloq xo‘jaligi bozor sub'yektlari faoliyatining me’yoriy-huquqiy va tashkiliy- iqtisodiy asoslarini takomillashtirish»
2-sho'ba. «Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi, hisobot, moliyalashtirish va tahlil tizimini rivojlantirish»
3-sho'ba. «Faoliyatni diversifitsiyalash, fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish hamda axborot ta’minotini zamonaviylashtirishning dolzarb masalalari»
4-sho'ba. «Dehqonchilik madaniyatini shakllantirish, meva - sabzavot yetishtirish, saqlash va qayta ishlash, selektsiya, naslchilik. veterinariya va agrokimyo xizmati ko‘rsatishning nazariy va amaliy muammolari»


Anjumanga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ma’sul xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq vazirligi, O‘zbekiston fermerlar, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi, «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy ishlab chiqarish markazi, tashqi iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘ygan eksporter tashkilotlar, ko‘p tprmoqli fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari, professor- o‘qituvchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, amaliyotchi mutaxassislar, talaba va magistrantlar taklif qilinadi.

Ma’ruza tezislarini rasmiylashtirish tartibi:
1. Ma’ruzalar matni o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Materiallar 3 betdan kam bo‘lmasligi lozim. Materiallarni elektron shaklda 93-506-70-03 yoki 97-725-52-77 raqamidagi telegram nomeriga yuborish mumkin.
2. Ma’ruzalar A4 o‘lchamdagi qog‘ozda, qator oralari 1,5 interval, 14 shriftda, chap, o‘ng, yuqori va pastki chegaralari mos ravishda 30, 15, 20 va 20 mm bo‘lishi lozim. Ma’ruzaning elektron varianti WindowsXP (Microsoft Word, RTF shaklida) dasturida Times New Roman redaktorida yozilgan holda jo‘natilishi shart.
3. Chap chegaradan katta harflar bilan 1 intervalda ma’ruza nomi, 3 interval pastdan kichik harflarda muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi yozilsin.
4. Maqola va tezislarda keltirilgan ma’lumotlarga muallifning shaxsan o‘zi javobgar bo‘ladi.
5. Yuqoridagi talablarga javob bermagan maqola va tezislar chop etilmaydi.
6. Mualliflik badali har bir sahifa uchun 10 000 so‘m miqdorda belgilangan bo‘lib, ushbu to‘lovni Payme yoki Click to‘lov vositalari orqali 8600 0203 5966 5283 raqamiga yuborish mumkin. To‘lovni tasdiqlash uchun 998994 575 91 01(Obloqulov Abdurauf) raqamga murajaat qilish lozim.


Ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etish uchun ma’ruza tezislari 2019 yilning 25 aprelgacha qadar qabul qilinadi.

Axborot xatini ko'chirish

Manzil: Toshkent davlat agrar universiteti (TDAU), Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-A uy.


Murojaat uchun telefonlar:
Z. Kusharov (93-506-70-03), E-mail:kzk_71@ bk.ru
F. Islamov (97-725-52-77), E-mail:aafara@bk.ru