Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

Toshkent davlat agrar universitetida “Informatika” fanidan mintaqaviy fan olimpiadasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi

22.10.2018 00:00

Toshkent davlat agrar universitetida  “Informatika” fanidan mintaqaviy  fan olimpiadasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining 2018 yil 19 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2018 yil 16 yanvarda tasdiqlangan “Madaniy-gumanitar sohalarda qo‘shni markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasining ijrosi to‘g‘risida”gi 24-XFU sonli buyrug‘iga asosan “Informatika” fanidan mintaqaviy fan olimpiadasi Toshkent davlat pedagogika universitetida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tasdiqlangan yo‘l xaritasiga muvofiq mintaqaviy olimpiadaning xududiy bosqichi 2018 yilning 24 oktyabrь kuni soat 10-00 da Toshkent davlat agrar universitetining Axborot resurs markazi binosida o‘tkazilishini ma‘lum qilamiz.
Shu munosobat bilan, “Informatika” fanidan mintaqaviy fan olimpiadasiga ta‘lim muassasangizdan 2 nafar nomzodlar ro‘yxatini (ilovaga muvofiq), test savollari va topshiriqlarni 2018 yilning
22 oktyabr soat 15-00 gacha tdau_atm@edu.uz pochta manziliga yuborishingizni hamda ishtirokchilarni belgilangan muddatda ishtirokini ta‘minlashingizni so‘raymiz.

2018 yilning 24 oktyabr kuni “Informatika” fanidan mintaqaviy fan olimpiadasining xududiy bosqichida ishtirok etuvchilar to‘g‘risida ma‘lumot - ko'rish

Joriy yilning 24 oktyabr kuni Toshkent davlat agrar universiteti “Informatika” fanidan mintaqaviy fan olimpiadasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi dastur  - ko'rish