Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

Toshkent davlat agrar universitetida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

29.04.2019 00:00

Toshkent davlat agrar universitetida  Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 27 aprel  kuni Toshkent davlat agrar universitetida “Agrar  soha  eksport salohiyatini  oshirish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil qilish, ularga xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish: muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.

         Anjuman 4 sho‘ba:

-        1-sho‘ba: “Agrar soha eksport salohiyatini oshirish, qishloq xo‘jaligi bozor sub'yektlari faoliyatining me’yoriy-huquqiy va tashkiliy-iqtisodiy  asoslarini takomillashtirish”,

-        2-sho‘ba: “Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi, hisobot, moliyalashtirish va tahlil tizimini rivojlantirish”,

-        3-sho‘ba: “Faoliyatni diversifikatsiyalash, fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish hamda axborot ta’minotini zamonaviylashtirishning  dolzarb masalalari”,

-        4-sho‘ba: “Dehqonchilik madaniyatini shakllantirish, meva-sabzavot yetishtirish, saqlash va qayta ishlash, selektsiya, naslchilik, veterinariya va agrokimyo xizmati ko‘rsatishning nazariy va amaliy muammolari” mavzulari  asosida tashkil etildi.

          Konferentsiyani ochilish marosimi Toshkent davlat agrar universiteti rektori,akademik - B.A.Sulaymonov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, mana shunday ilmiy amaliy anjumanlar kelajakda qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan islohotlarning mevasi bo‘lishiga umid bildirdi.

         So‘ngra Oliy Majlis Senati, Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya qo‘mitasi raisi - B.Tojiyev so‘zga chiqib, “Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish Davlat dasturi ijrosi va muammolar” mavzusida ma’ruzsi bilan ishtirok etdi.

       Anjumanda shuningdek, Oliy Majlis Senati, Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari i.f.d., professor - O.Iminov -  “Agroklasterlar tashkil etish tajribasi, muammolar va ularni hal etishning huquqiy asoslari”,  Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari - A.Ergashev - “O‘zbekiston agrar sektori eksport salohiyati va uni oshirish imkoniyatlari”, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining o‘rinbosari - F.Kushanov - “Fermer xo‘jaliklarini optimallashtirish amaliyoti, muammo va ularni hal qilish yo‘llari”, Toshkent viloyati Piskent tumani “Xodjiyev Dovudbek” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari - S.Xodjiyeva - “Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil qilish tajribasi va muammolari” va Toshkent viloyati Parkent tumani “Zarkent sahovati” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari - N.Dehqonov - “Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil qilish tajribasi va muammolari” mavzularida ma’ruzalari o‘qib eshittirilib, konferentsiya a’zolari bilan qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.

     Anjumanning kirish qismi, konferensiya tashkilotchilari bo‘lmish, Toshkent davlat agrar universiteti Agrobiznes va investitsion faoliyat kafedrasi mudiri, i.f.d., professor - E.Yusupov  hamda Toshkent davlat agrar universiteti Agrosanoatda buxgalteriya hisobi kafedrasi mudiri, i.f.d., professor - R.Do‘stmuratovlar - “Fermer xo‘jaliklari o‘lchamlarini optimallashtirishning nazariy uslubiy asoslari” va  “Agrar sohada investitsiyalar iqtisodiy samaradorligini baholash va qarorlar qabul qilish” mavzularidagi nutqlari muhokamasi bilan yakunlandi.

    Konferentsiya 4 sho‘baga bo‘lingan xolda, o‘z ishini davom ettirmoqda.