Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

Toshkent davlat agrar universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinlari davom etmoqda

24.11.2022 00:00

Toshkent davlat agrar universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinlari davom etmoqda

  Joriy yilning 23-noyabr kuni Universitet Zakovat maydonchasida “Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi Oliy taʼlim muassasalaridagi boshlangʻich tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish oyligi” doirasida Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti talabalari o‘rtasida “ZAKOVAT” intellektual oʻyinlari bo‘lib o‘tdi.

  Ushbu oʻyinlarda fakultet talabalari o‘zaro bellashdilar, qizg‘in va murosasiz kechgan o‘yinda 10 dan oshiq jamoa ishtirok etdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra:

  • 1-o‘rin 21-45 guruh “Gollaktika” jamoasi;
  • 2-o‘rin 22-43 guruh “Grand plus” jamoasi;
  • 3-o‘rin 22-41 guruh “Ishonch” jamoasi faxrli o‘rinlarni egalladilar.

Musobaqada ishtirok etgan va  g‘olib jamoalar diplom va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Zakovat o‘yinlari davom etmoqda.