Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

Toshkent davlat agrar universitetida xalqaro konferensiya ish boshladi

10.05.2022 00:00

Toshkent davlat agrar universitetida xalqaro konferensiya ish boshladi

     2022-yil 10-11-may kunlari Toshkent Davlat Agrar Universitetida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) ko‘magida “Agrar soha eksport salohiyatini oshirish, fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan mahsulotlarni Yevropa Ittifoqi bozoriga eksport qilishga qo‘yiladigan standart talablari: muammo va yechimlar” mavzuga bag'ishlangan xalqaro konferensiya tashkil etildi.

    Ushbu konferensiyani oʻtkazishdan maqsad olimlar, xalqaro ekspertlar, amaliyotchilar, professor-oʻqituvchilar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, shuningdek qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi va eksport qilayotgan klaster va fermer xoʻjaligi xodimlariga, amaliyotchi mutaxassislar, talaba va magistrantlarni agrar fan nazariyasi va amaliyotidagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari toʻgʻrisida erkin maʼlumot va fikr almashish, qishloq xoʻjaligi sohalaridagi innovatsion, fundamental va amaliy tadqiqotlar, xalqaro standartlarni joriy qilishning soʻngi natijalari bilan tanishtirish; sohadagi xalqaro yutuqlar hamda muammolarni tahlil va muhokama qilish, shuningdek, konferensiya ishtirokchilari oʻrtasida ilmiy hamkorlik aloqalarini bogʻlash imkoniyatini yaratishdan iborat.

   Anjumanga O'zbekistondagi FAO, KOPIA, USAIDning agrobiznesni rivojlantirish loyihasi, Belorus Davlat agrar texnika universiteti,  Plovdiv Agrar universiteti (Bolgariya), Kuban Davlat agrar universiteti, Stavropol Davlat agrar universiteti, Alma-Ata texnologiya universiteti (Qozog‘iston), O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi, O'zbekiston Respublikasi  texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (AKIS), Klaster rahbarlari va mutaxassislari, sohaga aloqador xorijiy va mahalliy ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, amaliyotchi mutaxassislar, talaba va magistrantlar taklif qilingan.