Toshkent :      Flag  Emblem  Gimn Sitemap

Toshkent davlat agrar universitetiga Rossiyaning Kuban Davlat agrar universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.

18.04.2019 00:00

Toshkent davlat agrar universitetiga Rossiyaning Kuban Davlat agrar universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Hozirgi kunda Respublikamizda barcha sohalar kabi oliy ta’lim tizimi ham jadal rivojlanmoqda. Ushbu jarayonlarni sifatli amalga oshirishda chet el tajribalarini o‘rganish va ular bilan tajriba almashinish muhim omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Shu sababli Toshkent davlat agrar universitetida dunyoning turli mamlakatlarining yetakchi OTM lari bilan xalqaro hamkorlik aloqalari samarali yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, faol hamkorlik qilinmoqda.

O‘rnatilgan hamkorlik doirasida universitetmizga Kuban davlat agrar universiteti delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari universitet rahbariyati bilan uchrashib, Toshkent davlat agrar universiteti faoliyati bilan yaqindan tashib chiqishdi. Uchrashuv davomida kelgusidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Muzokaralar davomida tomonlar hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha hamda kelajakda qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish borasida o‘zaro kelishuvga erishishdi.

Shundan so‘ng Kuban davlat agrar universiteti delegatsiya “Qishloq xo‘jaligida innovatsion ishlanmalar va maslahat markazi”da bo‘lib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.